Bundan bir necha kun avval fuqaroning murojaati yuzasidan Аndijon shahar hokimi bilan uchrashish maqsadida Аndijonga bordik. Shahar hokimining matbuot kotibi Аkmaljon Raxmatullaev bilan masala yuzasidan viloyat hokimligi oldida, viloyat hokimligi axborot xizmati mutaxassisi Ozodbek Jabborov ishtirokida gaplashdik. Matbuot kotibi Аkmaljon o‘sha kuni kechroqqa shahar hokimi bilan uchrashuv tashkillab berishini aytdi. U bilan biz tushlik mahalda gaplashgandik.
Shu kuni kechgacha kutdik. Soat tahminan 18-30lar atrofida shahar hokimi Xaydarov o‘tiradigan birinchi sektor shtabi binosi oldiga keldik. Shahar hokimligi binosi taʼmirlanayotganligi sababli shahar hokimi shu yerda o‘tirgan ekan. Shu orda matbuot kotibi bilan telefon orqali bog‘landik, tez orada hokim ham matbuot xizmati ham yetib keldi.
Binoga kirib, shahar hokimini qabuliga kirishni kutib o‘tirgan paytimiz bir ayol kelib o‘zidan-o‘zi bizga tashlanib, turli xil xaqoratli so‘zlar bilan so‘kinib, bizni bu yerdan chiqib ketishimizni talab qila boshladi. Shunda biz undan kimligini, nega bunday qilayotganligi so‘raganimizda tayinli javob bermasdan, qayta-qayta chiqib ketishimizni talab qilib, juda qo‘pol so‘zlarni ishlatdi. Operatorimiz qo‘lida turgan shtativni tashqariga otib yubordi.
Shunda biz ham balandroq ovozda unga gapira boshladik, shu payt ichkaridan ichki ishlar kiyimida bir xodim chiqib, hammani tashqariga chiqishini buyurdi. Shu payt unga hurmatli ichki ishlar xodimi mana bu ayol bizga tazyiq o‘tkazib, bu yerdan ketishimizni talab qilib, to‘polon ko‘tarmoqda, deb murojaat qilganimizda u eʼtibor ham bermadi. Shu yerdagilarning aytishicha u shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ekan.
Shundan keyin mayli deb, tashqariga chiqdik va IIBning 102 qisqa raqamiga murojaat qildik. Tashqarida kutib turdik, shu orada binoning narigi podʼezidan Ulug‘bek ismli profilaktika inspektori chiqib keldi. Holatga nisbatan tegishli chora ko‘rishni o‘rniga u ham ichkariga kirib ketdi. Tashqarida turgan paytimiz bitta-ikkita bo‘lib yana ayollar kela boshladi. Shu orada ichkaridan profilaktika inspektori bilan matbuot kotibi Аkmaljon Raxmatullaev chiqib, uchastka nozirining xonasi tomonga borishimizni, o‘sha yerda hokimlik mutaxassislari bilan gaplashib olishimizni aytdi. Shu bilan bir paytda profilaktika inspektori ham bizni ortidan borishimizni, 102ga telefon qildilaringmi yuringlar, deb boshlab ketdi.
Ha mayli deb, ularning ortidan yura boshlaganimizda. Haligi ayollar birgalashib 5-6 ta bo‘lib bizni ortimizdan kela boshladi. Shu payt profilaktika inspektoriga bu ayollar nega ortimizdan kelyapti desam, aniq javob aytmadi. Qolgani esa o‘zingizga maʼlum, videoda ko‘rib turibsiz.
Hokim nega bu ayollar ortiga berkinganini esa tushunmadik. Nima uchun bunday deyayotganimizga esa, bu yerda paydo bo‘lgan ayol yetarli asos bo‘la oladi. O‘rikzor mahallar fuqarolar yig‘ini raisi bo‘lgan bu ayol o‘sha kuni bizga tashlangan ayollarni chaqirib, tashkillagan, bevosita Baxromakasini topshirig‘iga ko‘ra, deb tushundik.
Mutasaddi organlardan holatga nisbatan o‘zlarining munosabatlarini bildirishlarini hamda xuquqiy baho berishlarini so‘raymiz. Zero, so‘z ekinligi va qonun ustuvorligi taʼminlangan davlatda OАVga bunday munosabat bo‘lishi mumkin emas.
Vodiy24.uz tahririyati
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari