• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Mahallada bahor bayrami
Jamiyat

Mahallada bahor bayrami

  • 02.03.2022 / 11:47
  • 4096
  • 0
111

Yurtimizga fasllar kelinchagi – bahor kirib keldi. Ona zamin uyg‘onmoqda, dala-dashtlarda ishlar qizg‘in, joylarda obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari quloch yoymoqda.

Navro‘z bayrami oldidan ijtimoiy himoyaga muhtojlar holidan xabar olish, ko‘nglini ko‘tarish, qiziqarli bayram tadbirlari o‘tkazish an’anaga aylanib ketgan.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida yangilanish, yasharish fasli bahor ko‘tarinkilik, hamjihatlik bilan qarshi olindi. Bu yerda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar ishtirokida bayram sayli o‘tkazildi. Futbol, voleybol, shaxmat-shashka, yugurish bo‘yicha sport bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

– Bayram tadbirlari obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish an’analariga ulanib ketdi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona tuman bo‘linmasi raisi Orifjon Shabirov. – “Yashil makon” loyihasi doirasida nuroniylar, yoshlar sa’y-harakati bilan 50 tup mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi, 200 tupga yaqin daraxlarga shakl berilib, oqlandi.

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

viloyat bo‘limi matubot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar