• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Tantanalar davom etmoqda
Jamiyat

Tantanalar davom etmoqda

  • 28.03.2022 / 12:40
  • 3935
  • 0
111

Mamlakatimiz bo‘ylab quloch yoygan Navro‘z bayram shukuhi bir dam bo‘lsa-da to‘xtagani yo‘q. Gulu chechaklar chiroy ochgan damlarda bo‘lib o‘tayotgan tanatanalar har bir mahalla, oilalar davrasida davom etmoqda.

Dang‘ara tumani Tog‘liq qishlog‘i “Boy bo‘ta” MFYda “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr- qimmat ayyomi” shiori ostida bayram sayili bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan kecha ko‘ngilochar tadbirlarga boy bo‘ldi. Shu kuni Tog‘liq qishlog‘ida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mahalla xotin-qizlari ishtirokida tayyorlangan bahor taomlari bayram dasturxonini bezadi. Bayram saylida belbog‘li kurash, varrak uchirish, “Oq terakmi, ko‘k terak” singari milliy sport o‘yinlari qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Navro‘z saylida yoshi ulug‘ nuroniylar yo‘qlandi, ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, nogironligi bor oilalarga aravacha topshirildi.

– Keksalik sabab yurishda birmuncha qiyinchilikka duch kelayotgandim, – deydi O‘lmasxon To‘ychiyeva. – Mahalla faollari, saxovatpesha kishilar yordami bilan maxsus aravacha berishdi. Bu juda katta qulaylik tug‘dirdi. Endi hovlida, ko‘chalarda sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim.

Shuningdek, tuman tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan nafaqadagi nuroniylarga viloyatimizdagi sihatgohlarda dam olib, salomatliklarini tiklash uchun yo‘llanmalar berildi.

San’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha fayz-tarovat bag‘ishladi.

Navro‘z tantanalarining faol ishtirokchilari, sport va ko‘rik-tanlov g‘oliblariga sektor rahbarlari va “Mahalla” xayriya jamoat fondining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 “Mahalla” XJF viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar