• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat “Tibbiyotda shunday gap bor: favqulotda holatda baqirganga emas, jim yotganga yordam ber deyiladi”
Jamiyat

“Tibbiyotda shunday gap bor: favqulotda holatda baqirganga emas, jim yotganga yordam ber deyiladi”

  • 31.03.2022 / 13:37
  • 4462
  • 0
111

Bugun Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasida Mahallalarda tashkil etilgan yoshlar yetakchilari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Аnjumanda agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muhammadamin G‘aniev boshqarmaning o‘tgan yildagi faoliyati haqida qisqacha maʼlumot berdi.

photo_2022-03-31_13-32-47

Farg‘ona viloyatida hozirgi kunga 3 mln 819 ming 963 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 2 mln 034 ming 848 nafarini 0-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Viloyatda 18-30 yoshgcha bo‘lganlar 768 ming 725 nafarni tashkil etadi. O‘tgan 2021 yilda jami 81522 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Bulardan 78328 nafari bilan tegishli ishlar amalga oshirilib, daftardan chiqarilgan.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2021 yilda 34,8 mlrd so‘m mablag‘ shakllantirildi. Bu mablag‘lar har bitta tuman shaharlarning har chorakda mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismidan 15 foiz miqdorida va MIB bo‘limlarining belgilangan tartibda ajratilgan mablag‘lari hisobidan shakllantirilgan.

Mazkur jamg‘arma mablag‘lari hisobidan o‘tgan yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 16239 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj va extiyojmand yoshlarga 30,4 mlrd so‘m moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lar ajratildi. Shuningdek, 1742 nafar talabaga OTM to‘lov kontrakti uchun 6,2 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berilgan. Bu kabi ishlar joriy yilda ham amalga oshirib kelinmoqda.

photo_2022-03-31_13-32-49

Barchamizga maʼlumki, yurtimizda Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Davlat rahbarining PQ 92-sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.

Bunga ko‘ra, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib,

-        "Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, “Besh muhim tashabbus” loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;

-        yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;

-        yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;

-        huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish etib belgilandi.

Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, bugungi kunda, viloyatimizning 1 055 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi Yoshlar yetakchisi lavozimiga tanlov orqali 4 208 nafar nomzodlar orasidan yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega, iqtidorli va malakali kadrlar saralandi.

2021 yil 17 noyabrdan - 1 dekabrgacha bo‘lgan muddat davomida davlat xizmatlari agentligining masʼul xodimlari, tuman va shahar sektor rahbarlari ishtirokida individual tartibda suhbatlar amalga oshirildi. Natijada, 1 055 nafar munosib nomzodlar saralab olindi.

“Tibbiyotda shunday gap bor: favqulotda holatda baqirganga emas, jim yotganga yordam ber deyiladi” sababi nima jim yotganni baqirishga ham madori yo‘q. Bu gaplarni nega aytyapman, yoshlar yetakchilari kunda kunora hokimiyatga yoki boshqa idoraga borib janjal to‘polon qiladiganlar bilan emas, haqiqiy muxtoj, “Yoshlar daftari”ga munosiblar bilan ishlashi kerak” -deydi anjumanda so‘z olgan Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarma boshlig‘i.

095A8173

Bundan tashqari, Аgentlik tomonidan viloyatimizdagi 1055 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholashning reyting ko‘rsatkichlari (KPI) tahlil qilinib, qizil, sariq, yashil hududga ajratib olindi. Bunga ko‘ra, joriy yilning fevralь oyi holatiga 1055 ta mahallaning umumiy reyting ko‘rsatkichi 41,6 ball (sariq)ni tashkil qildi.

-282 ta mahalla yashil (26,7%),

-439 ta mahalla sariq (41,6%),

-334 ta mahalla qizil(31,7%) ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Shuningdek, Аgentlik tomonidan bir qancha ijobiy ishlar rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda har bir mahalla kesimida haftaning juma kuni "Zakovat" intellektual o‘yinini o‘tkazish rejasi belgilangan. “Maqsadimiz mazkur ishlarni odatiy holga aylantirish. Аgar yoshlar juma kuni kechqurun uyidan chiqib ketayotganda uydagilar so‘ramasin, uni qaerga ketayotganligini, bilsinki, u “Zakovat” o‘yiniga ketyapti, yoshlarimizni shunga o‘rgatish” – dedi M.G‘aniev.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar