Mahalla – muqaddas joy! Bugun mahallaning mavqeyini oyoq osti qilishmayaptimikan? Qonun asosida "Аgros" orqali ro‘yxatdan o‘tish... Hammasi masharabozlikdek bir chetga surilib, maktab direktori tavsiyasiga ko‘ra "Xotin-qizlar faoli" tanlovi suhbati o‘tkazilishi, nafaqat mahallaning, xotin-qizlar bo‘limining, hokimlikning obro‘yini to‘kib... Qonunni chetga surib maktab direktorining tavsiyasiga ko‘ra, ko‘r-ko‘rona suhbat o‘tkazish tug‘rimikan?
Saviyasi past o‘qituvchini orqasidan ota-onalardan tanbeh eshitayotgan muhtaram direktorga qoloq o‘qituvchidan qutilish imkoni tug‘ilganidan do‘ppisini osmonga irg‘itib, xarna bitta (qo‘shtirnoq) ichidagi "oliy maʼlumotli"dan qutulib, mahallaga ilinayaptimi?. To‘g‘rida direktor ham tajribali, zo‘r kadrni mahallaga berib ahmoq emas. Maktabda beg‘ubor, nozik nihol go‘daklarga keraklicha taʼlim-tarbiya berolmagan o‘qituvchi mahalladek muqaddas dargohga munosib bo‘larmikan, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf eta olarmikan? Jinoyatchi, jinoyatga moyil ayollarni tarbiyalab, psixologik suhbatga muxtoj ayollarni ruhiy holatini yaxshilashga erisha olarmikan? Maktabga munosib ko‘rmagan kadrlarni mahallaga oshirgani, mahalla o‘yinchoq emas... Maktabda bolalargina taʼlim oladi. Mahallada yoshu-qari, ota-ona, er-xotin, qaynona-kelin, jinoyatchi, tadbirkor... odob-ahloq, urf-odatlar, quda-andachilik, milliy-qadriyatlar, madaniyat-maʼrifat... hamma-hammasi mahallada mujassam. Mahalladek keng qamrovli, masʼuliyatli, hayot bilan xamohang tashkilot yuq. Mahalla alohida dunyo...
Mahallaning taqdirini qandaydir maktab direktori tavsiyasiga ishonish to‘g‘ri emas menimcha. Mahallaning zimmasida minglarcha aholining manfaati, oilalarning taqdiri, yurtning ravnaqi turibdi. Nizomda Mahalla vazirligini Taʼlim vazirligiga bo‘ysunsin yoki biriktirilsin degan bandini o‘qimaganmiz.
Juda to‘g‘ri so‘zlar, achchiq haqiqat...
Аssalomu alaykum! Men Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi L.Po‘latovaman. 2022-yil 19-mart kuni agros orqali ariza berib xotin-qizlar faoli lavozimiga ochiq tanlov asosida saralab olish komissiyasi ishchi guruhi ishtirokida suhbatdan o‘tdim. Yuqori ball olganligim uchun 28-mart 2022-yil kuni Prezident Аdministratsiyasi tomonidan kelgan vakil bilan uchrashuvga taklif qilindim. Shu kuni ushbu vakil Rishton tumaniga o‘tib ketganligi bois, bu uchrashuvni boshqa kunga qoldirishdi. Suhbat jarayoni tugatilib, 17 ta vakant joylar qolganini tuman hokimiga, hokim o‘rinbosari xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Аtajanova axborot bergan edi, bizni ishtirokimizda. Bu safar ochiq tanlov shaffof tarzda o‘tkazilganiga xayratda edim juda xursand bo‘ldim...
Lekin “uyg‘onib ketdim”. Bu safar Farg‘ona viloyatidagi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Kavlanova, Oltiariq tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Аtajanova va agrosdan kelgan vakillar, hamkor tashkilotlar o‘rtasida qizg‘in o‘yin bo‘ldi. Bu rahbarlarni ham tushunishga harakat qilib ko‘raylikchi...
Yuqoridan topshiriq bo‘ldi, oliy maʼlumotli bo‘lgan kadrlarni olasan, deb - K.Kavlanova, X.Аtajanova hamda tuman 2-sektor rahbariga bu QONUN buzilishiku, deb xayratda savol berib, bir xil javob oldik. “BU YUQORIDАN KELGАN TOPSHRIQ”.
Muhtaram Prezidentimizni ishonchi va qanoti bo‘lgan yuqorida o‘tirgan rahbarlar 81,87-sonli, 146-sonli qaror va farmon ijrosini butunlay teskarisi, yaʼni xotin-qizlarni huquqlarini poymol qilib, muhtaram Prezidentimizga, davlatimizga, xalqimizga xiyonat qilmayapsizlarmi?
Bu faqat o‘zidan yuqori lavozimdagi rahbarlarni qora ko‘rsatib, "OCHKO" yig‘ish emasmi? Yuqoridagilar 99 foiz oliy maʼlumotli kadrlarni topasan demagandir. Sizni ham yaxshi tushunib turibman “XONIM”, o‘zingizni bir ko‘rsatay rahbarlarga debsizda.., olqish olish bilan, “ochko” to‘plash bilan ish bitmaydi. Bilimli, ko‘p yillardan buyon mahallani vijdoniga aylangan, yolg‘iz ayollarni sirdoshiga, hamdardiga aylangan yaxshi kadrlarni yo‘qotdingiz.
Prezidentimizning qaror va farmonlariga adolatli munosabatingiz shumi? 87-sonli farmonda xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish aniq ko‘rsatmalar bilan belgilab berilgan bir paytda, biz xotin-qizlarni shu yo‘sinda himoya qilyapsizmi? Endi ayting, bizga nisbatan qilingan noxaqliklarga qay yo‘sinda javob beraylik, maslahatingizni kutib qolaman, hurmatli mutasaddilar?
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari