• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Mavsum hozirligi: Bir kilogramm pilla uchun 30 ming so‘m
Iqtisodiyot

Mavsum hozirligi: Bir kilogramm pilla uchun 30 ming so‘m

  • 13.04.2022 / 06:04
  • 552
  • 0
111

Viloyatimiz pillakorlari joriy yilda 39 ming 168 quti ipak urug‘ini parvarishlab, 2 ming 233 tonna tirik pilla yetishtirish borasida ish olib bormoqda.

Pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini yaxshilash, hajmini oshirish, pillachilik tarmog‘i korxonalari eksport va investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tibor oshdi. Mazkur chora -tadbirlar natijasida ipak yetishtirish, qayta ishlash, eksport qilish ko‘lami kengaydi. Bu chekka hududlarda aholi, ayniqsa, ayollar bandligini ta’minlashda o‘ziga xos imkoniyatlar berdi.

– Mahalliy ipak qurti urug‘lari viloyatdagi 390 ta inkubatoriyalarga joylashtirildi, – deydi viloyat “Agropilla” MChJ rahbari Maqsudjon Qosimov. – “Bir xonadonga bir quti ipak qurti” tamoyili asosida ish olib borilmokda. Yetishtirilgan tirik pilla uchun tarozi ustida naqd pul shaklida o‘rtacha 24 ming 700 so‘mdan haq to‘lab beriladi. Shuningdek belgilangan imtiyozlarga muvofiq har bir kilogramm pilla hosili uchun 5000 so‘mdan subsidiya beriladi. Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari”da bo‘lgan har bir qurt boquvchi bir yillik ish stajiga ega bo‘ladi.

Shu maqsadda 8 ta pillachilik klasterlari 4923 nafar fermer xo‘jaliklari hamda 39 ming 160 nafardan ortiq qurt boquvchi kasanachilar o‘rtasida ichki mehnat shartnomalari tuzildi. Mavsumiy ish bilan ta’minlanganlarga mavsum uchun kerakli bo‘lgan moddiy resurslar yetkazib berildi. Ayni kunda hududlarda tutzorlar holati o‘rganilib, ipak qurti boquvchilar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar xususida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

 Rasuljon Kamolov

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar