• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Farg‘onada dunyoning eng yirik 6-universiteti ochiladi
Fan va ta'lim

Farg‘onada dunyoning eng yirik 6-universiteti ochiladi

  • 23.04.2022 / 11:38
  • 847
  • 0
111

Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan, Farg‘ona hamda Toshkent shahrida kempuslariga ega bo‘lgan aniq fanlar, axborot texnologiyalari, iqtisod, fundamental fanlar, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida faoliyat yuritadigan Azad University oliy ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolangan.

Farg‘ona viloyati va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy-investitsiyaviy, ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu masalalar muhokama qilingan.

Muloqot chog‘ida viloyat hokimligi, Mr.Fish kompaniyasi hamda Erondagi dunyoning eng yirik oltinchi universiteti – bir milliondan ziyod talabaga ega, jahonning barcha nufuzli reytinglarida kuchli 500 talikda muqim o‘ringa ega Azad University bilan hamkorlikda Farg‘onada oliy ta’lim muassasasi tashkil etish masalasi muhokama etilgan.

Shuningdek, viloyat hokimligi va Mr.Fish kompaniyasi o‘rtasida Qoraqalpog‘istonning Farg‘ona viloyatiga biriktirilgan Bo‘zatov tumanida dorivor giyohlar yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni to‘la qayta ishlash loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolangan.

2022 yilda birinchi bosqichda 500 gektar maydonda 2 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirish orqali amalga oshiriladigan ushbu loyiha doirasida 160 nafar doimiy, 500 nafar mavsumiy ish o‘rni shakllantiriladi. Keyingi yillarda ikkinchi bosqichda yana 4500 gektar maydonda loyihani kengaytirish yo‘lga qo‘yiladi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar