2021 yilning yoz oylarida Qo‘qon shahar 12-mehribonlik uyida tarbiyachi bo‘lib ishlab kelgan Nilufarxon Ro‘zmatova o‘zi tarbiyalagan bolalarga mehri tushib qolgani sabab, bir yo‘la 8 nafarini oilasiga farzandlikka oladi.
Bugun ular oila bag‘rida emin-erkin kamol topmoqda. Onaga aylangan tarbiyachi farzandlariga haqiqiy mehrni berib kelmoqda.
Har bir oila uchragani kabi bu xonadon egalari ham turmushning yarasha shirin tashvishlari bilan yuzlandi. Oila bekasi 5 nafar o‘g‘liga hatna to‘yi qilish arafasida Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasiga murojaat qildi.
– Boshqarma boshlig‘i polkovnik Shavkat Akbarovga murojaat qilgan kunimoq, Qo‘qon shahar hokimligi bola huquqlarini himoya qilish mutaxassislari darhol menga bog‘lanib, to‘y xarajatlariga yordam qilishini aytdi. Sal o‘tmay, Milliy gvardiya Qo‘qon shahar xodimlari sovg‘a-salom va velosipedlar bilan kirib kelishdi. Har qanday kunda ham davlat bizga madadkorligidan xursandman. Polkovnikka ikki farzandimning sog‘ligi masalasida qilgan murojaatim ham nazoratga olindi. Bu ikkisini bugun order asosida markaziy shifoxonalarda davolatib keldim. Oilaviy bolalar uyiga e’tibor bu darajada kuchli bo‘ladi deb kutmagandim, – deydi 7 o‘g‘il va 1 qizning onasi N.Ro‘zmatova.
Boshqarma boshlig‘i Shavkat Akbarovga ko‘ra, Mehribonlik uyidan oila bag‘riga ketgan bolalarni barcha sohaarlda imtiyozlari saqlanib qoladi, Davlat ularni o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi.
– Hali bular maktabni tamomlasa, oila bag‘rida o‘sgan bo‘lsa ham, Prezident qaroriga ko‘ra ularga o‘z uylarini beramiz. Bolalarning barcha ijtimoiy munosabatlardagi imtiyozi saqlanib qolgan. Shavkat Mirziyoevning tegishli qarori bilan huquqiy asoslantirilgan. Milliy gvardiya bu masalada farzand asrab olgan oilalarga beg‘araz yordamini berib keladi, – deydi polkovnik Shavkat Akbarov.
Shermuhammad Dehqonov
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari