• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Fan va ta'lim

Kitobxon bolalar

  • 23.05.2022 / 14:48
  • 509
  • 0
111

Rishton tumanidagi 33-umumiy o‘rta talim maktabida “Bolalar adabiyoti oyligi” doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalari Xudoyberdi Tuxtaboev tavalludining 90 va Anvar Obidjon tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki zabardast adibning hayot va ijod yo‘li, o‘zbek va dunyo bolalar adabiyotida tutgan o‘rni, yaratgan xalqchil obrazlarining o‘ziga xos jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitob mutolaasi, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, rivojlantirish, kitobxon yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning muhim omillari haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda adiblar qalamiga mansub asarlardan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, sara she’rlar yod o‘qildi. Ayniqsa, Anvar Obidjonning “Injiq” nomli hazil she’rini maromiga yetkazib ijro etgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisi Isomuhammad Abduvalievning chiqishlari ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

O‘quvchi-yoshlar ishtirokida yangragan kuy va qo‘shiqlar guldastasi adabiy kechaga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

 

 Hikoyatxon Xomidova,

 maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar