Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi Dehqon bozorida bir kilogram shakar 22-25 ming so‘mdan sotilayotgani hamda bu narxlarda shakar sotib olish uchun navbatlar shakllangani iddao etilgan videolavha tarqatildi.
Masala yuzasidan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Аvaz O‘rinboev, shahar hokimi Vosiljon Nazarov va sektorlar rahbarlari, viloyat bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i Shavkat Аkbarov ishtirokida bozor hududida tezkor o‘rganish olib borildi.
Аniqlanishicha, aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida bozor hududida kunlik 8 tonnadan arzonlashtirilgan narxda – 10 ming so‘mdan shakar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Tarqalgan videolavhada aks etgan holatda arzon narxdagi shakarni sotib olish istagida bo‘lgan fuqarolardan shakllangan navbatni tasvirga olingan.
Kelgusida bunday tartibsiz navbat yuzaga kelishining oldini olish maqsadida mutasaddilar tomonidan bozor hududida arzon sotish nuqtalarini hamda sotuvchilar sonini ko‘paytirish masalasi hal etildi. Milliy gvardiya xodimlari tartibli navbat bilan sotuv yo‘lga qo‘yilishini taʼminlab berishmoqda.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari