• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Prezident ko‘p ishlatadigan "VАLLOMАT" so‘zining maʼnosi nima?
Siyosat
Qiziqarli

Prezident ko‘p ishlatadigan "VАLLOMАT" so‘zining maʼnosi nima?

  • 20.06.2022 / 11:56
  • 1651
  • 0
111

Prezident Shavkat Mirziyoev ko‘plab videoselektor yig‘ilishlarida amaldorlarga nisbatan "vallomat" so‘zini ishlatadi. Ko‘pchilik ushbu so‘zni xaqorat sifatida ham qabul qiladi. Qaysidir mansabdorni oldiga borib "ey vallomat" desangiz rangi oqarib, gezarib ketadi. Аslida-chi? Аslida siz xaqsiz. Sababi...

Sababi shundaki, “vallomat” so‘zining asli “vallamat” bo‘lib, u tojiklarda ism sanaladi. Maʼnosi esa "elning kattasi, boshliq, amaldor, el xizmatida bo‘lgan" degan maʼnolarni bildiradi. Faqatgina ushbu so‘z yillar davomida sayqallanib bizgacha "vallomat" ko‘rinishida yetib kelgan ekan.

Xo‘sh nima uchun ushbu so‘zni ko‘pchilik rahbarlar yomon ko‘radi? Sababi davlat rahbari ko‘p videoselektor yig‘ilishlarida amaldorlarga tanbeh bersa, uni "vallomat" deb urishadi. Oddiy xalqimiz va ushbu so‘zni maʼnosini bilmagan amaldorlar "davlat rahbari nimaga meni unaqa dedi ekan" deb qizarib-bo‘zarib yuraveradi. Аslida yurtboshi yomon so‘z aytmayapti. "Ey boshliq deyapti, ey amaldor deyapti, ey el xizmatkori deyapti".

Birinchi Prezidentimiz rahmatli Islom Karimov yig‘ilishlarda amaldorlarni "ey barakatopgur" deb so‘kardi. Ishonmasangiz internetda Karimovni tanqidiy ruhda o‘tkazgan yig‘ilishlarini maʼruzalarini topib ko‘ring. Rahmatli kimga nisbatan "barakatopgur"desa, o‘sha amaldor ishdan olinar edi. Hozirgi, O‘zbekistonning saylangan ikkinchi prezidenti Shavkat Mirziyoev esa "vallomat" degan so‘zni urfga, unutilib borayotgan bir so‘zni yana qaytadan isteʼmolga kiritib berdi.

Shuning uchun hurmatli amaldorlar sizlarni kimdir "vallomat" desa darrov qizarib, asabingizni buzmang. Аslida ham vallomat - boshliq, amaldor, el xizmatkorisiz. Ushbu so‘zni maʼnosini bilmasdan "vallomat" deb qo‘ygan ayrim fuqarolarni sudga bergan amaldorlar ham bor. O‘zim eshitganman. Kulgili, to‘g‘rimi? Maslahatim, shunday ishlarni qilib yurmang. Sud o‘zbek tilini izohli lug‘atini ochib, qarab ustingizdan kulib-kulib, daʼvoni rad etib chiqarib yuboradi.

Hohlasangiz o‘zbek tilini maʼnaviy xususiyatlarini yaxshi bilgan bir olim topib, undan shu so‘zni maʼnosini so‘rab ko‘ring. U yomon so‘z emas, xaqorat ham emas. Xuddi tirik odamga nisbatan "Sizni xudo raxmat qilsin" degandek gap-da. Masalan menga kimdir "sizni Xudo raxmat qilsin" desa xursand bo‘laman. Sababi, u menga Аllohning raxmati bo‘lishini tilayapti. Shunaqa gaplar.

Fayzullo Sultonov

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar