• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Jamiyat Havoning ifloslanishi viloyatlarda ham kuzatilishi mumkinmi?
Jamiyat
Qiziqarli

Havoning ifloslanishi viloyatlarda ham kuzatilishi mumkinmi?

  • 17.03.2024 / 04:02
  • 1889
  • 0
111

Qoʻqon shamoli haqida shunday fikrlar bor: Qoʻqon atrofi togʻ bilan oʻralgan vodiyning eng chuqur joyida joylashgani sababli havoning ifloslanishi yuz berishi va buni vaqti-vaqti bilan kelgan “Qoʻqon shamoli“ tozalab turishi. Bu qanchalik haqiqat balki mutaxassislar bilar.

Yaqinda bir doʻstimiz gapirib qoldi, uy qurishda avvalgi usta-quruvchilar Qiblani, quyosh tushishini, shamolning yoʻnalishini hisobga olib uy qurishgan. Hozir esa bir parcha boʻsh yer boʻlsa, bino qurib ketilyapti, maqsad birinchi oʻrinda pul qilish, uning salbiy oqibatlari hech kimni qiziqtirgani yoʻq.

Toshkent havosi ifloslanishining asl sababi vanihoyat tan olinyapti. “Poytaxt havosida ifloslanish har xil manbalardan boʻlishini endilikda biz tushinib yetdik, poytaxtning havo sifati Toshkentdagi shamol aylanmalari va havo oqimining fizik xususiyatlariga bevosita bogʻliq, deyiladi telegramdagi Oʻzgidromet kanalida. 

Shuningdek, avtomobillardan chiqadigan mayda zarrachalar asfalt qoplamasi usti yoki sirt yuzalaridan havoga koʻtarilib, havoni ifloslantirishi ham aytib oʻtilgan.

Bundan tashqari, shaharsozlikdagi pala-partish qurilish, daraxt va suv obyektlarining yoʻq qilinishi hamda Qozogʻistondagi choʻllashish omili ham poytaxtda chang massasining havoda koʻpayib borayotganini taʼkidlangan.

Avtomashinalarning 60-70 foizi (Toshkentda shunday, viloyatlarda 90 foiz, balki undan ortiq) metan gazda yursa, undan qanday qilib shunchalik darajada zaharli moddalar chiqishi mumkin? Bu versiya ehtimoldan ancha yiroq, fikrimizcha.

Hoʻsh nima qilish kerak, degan savolga quyidagi taklif bildirilgan. Moʻrilarga oʻrnatadigan gaz-havoni tozalovchi qimmat filtrlar oʻrniga moʻrilarga maxsus elektrod uskunasi oʻrnatish orqali vaziyatni barqaror holatga olib kelsa boʻladi.

Toʻgʻri, qurilgan binolarni buzib tashlashni imkoni yoʻq, lekin qurishni toʻxtatsa boʻladi. Bundan buyogʻiga oʻzimiz yaratgan muammo bilan shugʻullanishga majburmiz.

Xitoy bir nechta yirik shaharlarida haddan tashqari koʻp koʻmir yoqish hisobiga aholisini “zahar“ ichida yashashidan qutqarish uchun aynan shu kabi yuqoridagi usulni qoʻllash orqali vaziyatni yumshata olgan. Natijada, 2016-yil Xitoyda moʻrilardan chiqadigan havo ifloslanishi yaxshilanib, shahar havosi sifat darajasi birmuncha barqaror muhitga qaytgan. 

Yuqori ehtimol, kelayotgan qishlarda ham koʻmir yoqishdan vos kechmaslik “kayfiyati“dan kelib chiqib, bizda ham “Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiya“ ilmiy-tadqiqot instituti va energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari“ AJ lar shu kabi qurilmalarni oʻzimizda qoʻllash ishlarini boshlashsa yomon boʻlmasdi.

Endi boshida bergan savolga qaytsak, agar shu ketishda pala-partish qurilishlar viloyat markazlarida ham davom etsa, yuqoridagi muammolar viloyatlarga ham kirib keladi. Tabiatni oʻzi jazolaydi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar