• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq “Mahalla”da seminar: Grant loyihalari va huquqiy madaniyat
Huquq

“Mahalla”da seminar: Grant loyihalari va huquqiy madaniyat

  • 22.09.2022 / 15:33
  • 344
  • 0
111

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘lim boshqaruvi majlislar zalida tuman va shahar bo‘linmalari buxgalterlari uchun “Ijtimoiy ahamiyatga ega grant loyihalarini tayyorlash uslublari va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ko‘maklashish” mavzusida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Hududlarni iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari Eldorbek Matmusaev hamda “Madad” muassasa shaklidagi NNT Farg‘ona shahar huquqiy maslahat byurosi rahbari Maxmudjon Jo‘raev o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Seminar davomida grant loyihalariga arizalar topshirish, davlat grantlarida ishtirok etish tartibi, mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Bundan tashqari, davlat granti ishtirokchisiga aylanishga doir masalalar, grant tanlovida ishtirok etish va arizalarni yozish, yuborish hamda ilova qilinadigan hujjatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

“Madad” muassasa shaklidagi NNT Farg‘ona shahar huquqiy maslahat byurosi rahbari tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari, arizalarni qo‘rib chiqish tartibi va prinsiplari, murojaatlarni ko‘rib chiqishda tashkilotning huquqlari va majburiyatlari keng tushuntirildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar