• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida 20 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan
Iqtisodiyot

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida 20 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan

  • 17.11.2022 / 23:11
  • 588
  • 0
111

Kuzning so‘nggi kunlari, qish yaqin, yilning boshqa fasllariga nisbatan elektr energiyasiga bo‘lgan talab yuqori. Taʼminotni imkon qadar barqarorligini taʼminlash borasida maʼsullar tomonidan kunu-tun amaliy ishlar olib borilmoqda. Biroq, ayrim isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanib olish va foydalanish holatlari davom etmoqda.

“Farg‘ona HETK” АJ matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 2022-yilning 10 oyi davomida viloyat bo‘yicha 6 781 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar uchun 20 mlrd 345,6 mln so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari bajarilgan.

Jumladan, aholi isteʼmolchilari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari 5 062 ta holatda 5 mlrd 824,9 mln so‘m, ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 1 719 ta holatda 14 mlrd 520,7 mln so‘mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Eng ko‘p noqonuniy holatlar Marg‘ilon (1 829 ta) shahri, Beshariq (576 ta), Buvayda (495 ta) hamda Toshloq (486 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan joylarda muntazam elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bundan asosiy maqsad - elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga butunlay barham berish va isteʼmolchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashdan iborat.

O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmoqda.

Shu o‘rinda, elektr energiyasi isteʼmolchilaridan bugungi kunda elektr energiyasidan qonuniy, oqilona va samarali foydalanishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar