• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Andijonda 38 kishidan pul olib, chetga qochib ketgan shaxs ushlandi
Huquq

Andijonda 38 kishidan pul olib, chetga qochib ketgan shaxs ushlandi

  • 21.11.2022 / 09:05
  • 335
  • 0
111

Foizsiz kreditga mashina olib berishni vaʼda qilib, fuqarolardan pul undirgan shaxsga jazo tayinlandi.

Andijon viloyatida avtomobil sotib olmoqchi boʻlganlarning ishonchiga kirib, 38 nafarini aldagan firibgar qoʻlga olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilindi. 

Aniqlanishicha, Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi “tadbirkor” mashina olib berishni vaʼda qilib, firibgarlik bilan shugʻullangan. “Marhamat avto olam” MCHJni taʼsis etib, telegramda 3 yildan 5 yilgacha boʻlgan muddatda foizsiz oʻzaro boʻlib toʻlash sharti bilan avtomobil olib bermoqchi boʻlgan. Fuqarolar bilan 34 mln 966 ming soʻm, 29 mln 543 ming soʻm, 33 mln 647 ming summa miqdorida avtomobil uchun shartnoma tuzgan.

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtirib, oʻz harakatlarini qonuniydek koʻrsatgan. Hattoki, olingan pullarni tasdiqlovchi kvitansiyalarni ham bergan.

Shu tarzda fuqarolardan har oy belgilangan summada pul olib turgan. Pullarni esa shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, mashina olib berish vaqti kelganda firibgar xorijga qochib ketgan. Mazkur holat yuzasidan tezkor tadbirlar oʻtkazilib, firibgar Rossiya federatsiyadan olib kelingan.

Mazkur ish JIB Jalaquduq tuman sudida koʻrib chiqildi. Firibgarga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Unga koʻra sudlanuvchiga 6 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar