• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Bloger Olimjon Haydarov javobgarlikka tortildi
Jamiyat
Huquq
Voqealar

Bloger Olimjon Haydarov javobgarlikka tortildi

  • 13.12.2022 / 21:17
  • 2491
  • 0
111

Avvalroq, Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani “Shoʻrsuv” sanoat zonasida joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodning ish yurituvchisi A.T. va 20 ga yaqin ishchilari tomonidan oldindan til biriktirib, fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarda ifodalangan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, shuningdek namoyishlar oʻtkazish tartibini buzganlik uchun, zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 va 201-moddalari bilan qonuniy taʼsir choralari koʻrilgani haqida xabar berilgan edi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur qoidabuzarlik tasvirlangan videolavha Olimjon Haydarov Telegram kanali orqali goʻyoki boshqa zavodlarda gaz taqchilligi yoʻqligi, bu masalaga mansabdor shaxslarning aloqadorligi va oʻng minglab ishchilar ishsiz qolayotganligi vaj qilib, haqiqatga mos boʻlmagan izohlar bilan tarqatilgan.

Holat yuzasidan oʻtkazilgan surishtiruv ishlari davomida joriy yilning 11-dekabr kuni fuqarolar A.T., D.N., U.T. va O.S.lar ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 4-6-dekabr kunlari ular ishlab kelayotgan zavod hududiga oʻzini bloger-jurnalist Olimjon Xaydarov deb tanishtirgan fuqaro kelib, zavod gaz tarmogʻidan uzilganligi sababli, tez orada yopilib faoliyati toʻxtatilishi, oqibatda ishchilar ishsiz va maoshsiz qolishligi haqida aytib, ularga zavodda toʻplanib, norozilik namoyishini uyushtirib, bu haqda video murojaat qilishlarini, shundagina zavod qaytib gaz tarmogʻiga ulanishi mumkinligini va bu borada u yordam bera olishini bildirgan.

Bundan tashqari, ish materiallaridan maʼlum boʻldiki, O.Haydarov namoyishni qay tarzda videoga olishni oʻrgatganligini, ayrim ishtirokchilar tomonidan yetarli darajada yaxshi gapira olmaganligi, shuning uchun boshqalar gapirishi kerakligini aytib, namoyish qilganlarni agressiv gapirishga undagan, qayta dubllar orqali ushbu namoyishni oldindan rejalashtirishda ishtirok etgan.

Joriy yilning 6-dekabr kuni bevosita oʻzi ishtirok etmasada, videoni tasvirga olish boʻyicha mutaxassis bilan gaplashib, uning ishlarini tashkillashtirgan hamda tayyor videomateriallarni oʻzining kanali orqali tarqatgan.

Yuqoridagi arizachilar ularni qonun buzishga chorlagan oʻzini Olimjon Xaydarov deb tanishtirgan shaxsga nisbatan qonun doirasida chora koʻrishni soʻrashgan. Mazkur holat toʻliq oʻrganilib, fuqarolarning arizasida keltirilgan vajlar va O.Haydarovning harakatlari oʻz tasdigʻini topgan.

Shuningdek, O.Haydarov tomonidan tarqatilgan matnda boshqa zavodlarda gaz oʻchirilmagani, bu masalaga mansabdor shaxslarning aloqasi borligi vaj keltirib, haqiqatga mos boʻlmagan yolgʻon axborot ham tarqatilgan. Jumladan, “Shoʻrsuv” hududidagi “Knauf” korxonasining tabiiy gazi uzilmaganligi aytib oʻtilgan, buning sababi sifatida uni rahnamolikka olinganligi yuzasidan asossiz xabarlar tarqatgan, lekin haqiqatda “Knauf” korxonasi joriy yilning 29-noyabr kunidan boshlab tabiiy gaz olmayotganligini gaz korxonalari tasdiqlagan.Ushbu harakati orqali jamoat tartibiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni tarqatgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 13-dekabrda Olimjon Haydarov Telegram kanali administratori, fuqaro O.Haydarov Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 201-moddasi (Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish) 1-qismi va 202 prim 2-moddasi (Yolgʻon axborot tarqatish) 2-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tuman sudi tomonidan maʼmuriy jarimaga tortildi.

Bloger Olimjon Haydarov oʻzining feysbuk sahifasida 21 million soʻm jarimaga tortilgani haqida post qoldirdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar