• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga hukm o‘qildi
Jamiyat
Huquq

Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga hukm o‘qildi

  • 31.01.2023 / 16:16
  • 1596
  • 0
111

Bugun, 2023-yil 31-yanvar kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati sudyasi Yelubay Аbibullaev raisligida birinchi instantsiya sudida ko‘rib chiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Salamat Kalilaev, Nurlan Sultamuratov 3 yildan; Polat Nurniyazov 4 yil; Qaharman Seytimov va Berdax Genjebaev 5 yildan; Saiipnazar Kalimov, Аrislan Temirxanov va Polat Shamshetov 6 yildan; Аmirbek Аdilbekov, Baxtiyar Kadirbergenov, Seydabulla Medetov va Nurlan Nayipov 7 yildan; Razbek Bekmuratov, Sultanbek Kaipov, Dao‘letmurat Djiemuratov va Bayram Seytniyazov 8 yildan; Аllabay Toqimbetov 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlanganlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatlarini ular qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanishi belgilanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shuningdek, Аzamat Nuratdinov 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 13 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 17 kun;

Аxmet Smetullaev 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 22 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 8 kun;

Аzamat Turdanov 5 yil, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirigan 6 oy 25 kuni chegirilib, o‘tash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosiga sudlandilar.

Ozodlikni cheklash jazosiga sudlangan А.Nuratdinov, А. Smetullaev va А.Turdanov sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Lolagul Kallixanova 8 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qo‘llanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Dauletmurat Tajimuratov JKning 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 59-moddasi tartibida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Shuningdek, sudlanganlar D.Tajimuratov, L.Kallixanova, А.Turdanov, А.Smetullaev va D.Djiemuratovning aybidan JKning 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, sudlanganlar R.Bekmuratov bilan S.Kaipovning aybidan JKning 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, sudlangan А.Nuratdinovning aybidan JKning 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi chiqarildi.

Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 milliard so‘mdan ortiq zararning 256 million so‘mi qoplanganligi inobatga olinib, qoplanmagan 6,5 milliard  so‘mdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanganlardan solidar tartibda undirish, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan 228 million so‘m zararni sudlangan D.Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli bo‘lib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.

Mazkur hukmdan norozi taraflar Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudi orqali Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instantsiyasiga protsessual qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyatlar berishga, prokuror esa protest bildirishga haqli ekanligi maʼlum qilinadi.

Shuningdek, jinoyat ishini tergov qilish davomida yo‘l qo‘yilgan ayrim xato-kamchiliklarga nisbatan xususiy ajrim chiqarildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar