• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot "Silkavia" kompaniyasi Farg‘onadan mahalliy yo‘nalishlarga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Iqtisodiyot
Turizm

"Silkavia" kompaniyasi Farg‘onadan mahalliy yo‘nalishlarga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

  • 25.05.2023 / 20:54
  • 627
  • 0
111

2023-yil 1-iyundan boshlab Farg‘ona Xalqaro aeroportidan "Silkavia" kompaniyasining mahalliy yo‘nalishlardagi muntazam aviqatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida kecha Farg‘ona Xalqaro aeroportida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

"Silkavia" kompaniyasi muntazam qatnovlarni Respublikaning mahalliy yo‘nalishlarida boshlaganiga bor yo‘g‘i bir oy bo‘lganiga qaramay hozirda mahalliy yo‘nalishlar geografiyasini muntazam ko‘paytirib bormoqda.

Kompaniyada hozirda 3 ta "ATR 72-600" qisqa masofaga uchuvchi zamonaviy tipdagi havo kemalari mavjud bo‘lib, mazkur samalyotlar 70 o‘rindiqli qisqa masofaga moslangan havo kemalari hisoblanadi.

Ichki turizm hamda ziyorat turizmi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida "Silkavia" kompaniyasi kelgusida O‘zbekistonning barcha aeroportlari o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Kompaniyaning yana bir ajoyib tijoriy takliflaridan biri bir vaqtning o‘zida o‘zingiz bilan uy hayvonlarini ham safarga olib ketish imkoniyati taklif etilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, mazkur havo kemalari Fransiya va Italiya qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, 190 dan ortiq dunyoning yetakchi aviakompaniyalari tomonidan mahalliy va xalqaro qatnovlarda keng foydalaniladi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar