Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida joriy yilning 10-20-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Lavanda sayli doirasida lavanda guli va iforidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, papayya, banan, godji, kivi, zaytunzorlardan iborat salomatlik bog‘i bo‘ylab ekosayohat, tibbiyot turizmi va mutaxassislar ko‘rigi, turli kontsert va shou dasturlar o‘tkaziladi.
Mehmonlar shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan “Mehrigiyo” kichik korxonasi lavanda bog‘larining takrorlanmas go‘zalligidan bahramand bo‘lishlari, maxsus retsept asosida tayyorlangan lavandali taomlar, muzqaymoq va salqin ichimliklardan tatib ko‘rishlari, lavandazordagi unutilmas fotosessiyalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari