Yurist Bahodir Ahmedovning xabar berishicha, Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik sudi 15-sentyabr kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra da’vogar Jo‘rayev Asadulla Jumayevich javobgar Mamadaliyev Sardor Ma’rupovichni sudga bergan.
Da’voga ko‘ra, hammaga ma’lum bo‘lib ommalashgan “Qarg‘ish” she’ri asosida javobgar S.Mamadaliyev tomonidan kuylanib kelingan “Ota-onamning duosi” nomli qo‘shiqning she’ri muallifi da’vogar A.Jo‘rayev hisoblanishi keltirilgan. “Qarg‘ish” nomli she’r da’vogar tomonidan 1990-yilda yozilganligi va isbot sifatida 1990-yil “Sharq yulduzi” jurnalining 9-sonida ilk bor bosib chiqilganligini bildirgan.
Shoir bir necha bor qo‘shiqchiga qilgan murojaatlariga qaramay qalam haqi berilmaganligi, uni ovora qilganligini, mualliflik huquqlarini buzganligi uchun suddan BHMning 400 baravari (132 mln so‘m) tovon puli, 50 mln. so‘m ma’naviy zarar undirishni so‘ragan.
Sudga bir necha bor chaqirilganligiga qaramay Sardor Mamadaliyev sud majlisiga kelmagan. Sudda qatnashgan Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti mutaxassisi ham ushbu holat o‘rganilgani, she’r shoirga tegishli ekanligini bildirgan.
Sud taraflarning ko‘rsatmalari, dalillarni o‘rganib Sardor Mamadaliyev Ma’rupovichdan Jo‘rayev Asadulla Jumayevich foydasiga BHMning 200 baravari (h.v. - 66 mln so‘m) tovon puli, 15 mln so‘m ma’naviy zarar, 3,3 mln so‘m davlat boji undirishga qaror chiqargan.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari