• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Samarqanddagi yarim yalang‘och qizlar yuzasidan IIV rasmiy munosabat bildirdi
Jamiyat
Voqealar

Samarqanddagi yarim yalang‘och qizlar yuzasidan IIV rasmiy munosabat bildirdi

  • 22.06.2023 / 22:54
  • 1718
  • 0
111

Maʼlum qilinishicha, viloyat IIB bergan munosabat shoshmashosharlik bilan vaziyatni to‘liq o‘rganmagan holda tayyorlangan.

Аvvalroq, Samarqandda “Vavilon“ cho‘milish havzasining ochilish marosimida raqqosa qizlar yarim yalang‘och holatda behayo o‘yinlar qilgani haqida xabar tarqalgani, viloyat IIB mazkur xabarga munosabat bildirib, mazkur ayollardan OITS/OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinganligi to‘g‘risida xabar bergandi.

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning maʼlum qilishicha, tadbir ishtirokchilarining, shu jumladan ayollarning hech biri tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan va ularga nisbatan huquqiy taʼsir choralari qo‘llanilmagan.

Mazkur holat IIV tomonidan o‘rganilganda maʼlum bo‘lishicha, cho‘milish havzasining ochilish marosimi tashkilotchilari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida«gi qarori talablarini inobatga olmagan holda 2000 dan ziyod fuqarolar uchun ommaviy ko‘ngilochar marosimini tashkil etganlar.

Ushbu kelishilmagan jamoat tadbiri turli tartib buzilishlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olgan holda, mazkur holat Samarqand viloyati IIB tomonidan o‘rganilib, tadbir tashkilotchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan va kelgusida xavfsizlik choralari ko‘rilishi zaruriyati haqida qatʼiy ogohlantirilganlar.

Shuningdek, xabarda aks etgan, tadbirda ishtirok etgan ayollarga nisbatan teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilganligi va OITS/OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumot, viloyat IIB matbuot kotibi J.Sagdullaev tomonidan shoshmashosharlik bilan vaziyatni to‘liq o‘rganmagan holda tayyorlanganligi aniqlangan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar