• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Qizlarga “gap otish”, “shilqimlik” qanchaga tushadi?
Jamiyat
Huquq
Qiziqarli

Qizlarga “gap otish”, “shilqimlik” qanchaga tushadi?

  • 26.06.2023 / 19:11
  • 2188
  • 0
111

Oldin qizlarga “gap otish”lar asosan mayda bezorilik deb baholanar edi, ayrim vaqtlarda bu javobgarliksiz ham qolib ketgan.

Hozirda qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, Maʼmuriy javobgarlik to‘gʼrisidagi kodeksiga shahvoniy shilqimlik qilganlik uchun javobgarlik moddasi kiritildi. Unga ko‘ra, shahvoniy shilqimlik qilish, yaʼni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘lishi ko‘rsatildi.

Аgar fuqaro ushbu maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etsa, BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha (660 mingdan 1 mln 650 ming so‘m) miqdorda jarima solishga yoki 5 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. Bir yil ichida ikkinchi marta sodir etsa, BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 650 mingdan 2 mln 310 ming so‘m) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shu boisdan, boshqa shaxs bilan tanishayotganda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, etika qoidalariga rioya qilish kerak.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar