• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Farg‘onada beshta yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi (foto+video)
Fan va ta'lim

Farg‘onada beshta yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi (foto+video)

  • 03.09.2023 / 20:57
  • 1090
  • 0
111

Yangi o‘quv yili oldidan Farg‘ona viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarida qurib bitkazilgan – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida 400 o‘rinli, Farg‘ona davlat universitetida 3 ta 1 ming 154 o‘rinli va Farg‘ona politexnika institutida 520 o‘rinli talabalar turar joylarini foydalanishga topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Viloyatda bugungi kunda 13 oliy taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga muhim eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga talabalarni turar joylar bilan taʼminlash borasida aniq chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi o‘quv yiliga Farg‘ona davlat universitetida 3 ta, Farg‘ona politexnika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida bittadan yangi binolar davlat-xususiy sheriklik shartlari bilan qurib bitkazildi. Yotoqxonalarda talabalar uchun axborot-resurs markazi, maʼnaviyat xonalari hamda shinam oshxonalar, kerakli barcha qulayliklar yaratilgan.

Talabalar turar joylarining ochilishi katta shodiyonaga aylandi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tadbirlarda ishtirok etib, barchani mustaqillik bayrami va yangi turar joylar bilan tabrikladi. Tadbir davomida 4,5 mingga yaqin talaba tahsil olayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida qariyb 23,7 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan 400 o‘rinli yotoqxona ramziy kalitlari topshirilib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Keyingi manzilda Farg‘ona davlat universitetining “Marg‘ilon binokor taʼmir qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan davlat xususiy sheriklik asosida 59 milliard so‘m mablag‘ sarflanib bunyod etilgan 804 o‘rinli 2 ta talabalar turar joyi ham foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, universitetning byudjetdan tashqari 12,9 milliard so‘m mablag‘i hisobiga qo‘shimcha barpo etilgan 1 ta 350 o‘rinli yotoqxona binosida ham tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Farg‘ona politexnika institutida 520 o‘rinli talabalar turar joyi ramziy kaliti ham o‘z egalariga topshirildi. Mazkur binoga 25 milliard so‘m mablag‘ sarflangani maʼlum qilindi.

Maʼlumot o‘rnida, davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan viloyatdagi 7 ta oliy taʼlim muassasalari uchun 2022-2025 yillarda 20 ta 8 ming o‘rinli yotoqxona qurilishi belgilangan bo‘lib, ayni paytda tizimli ishlar olib borilmoqda. Joriy o‘quv yili davomida yana 4 ta oliy o‘quv yurtlarida 5 ta 2010 o‘rinli talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Shuningdek, 2024-2025 yillarda yana 8 ta yotoqxona barpo etiladi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar