• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Andijonda ayol o‘zini yigit qilib ko‘rsatib, 18 yoshli qizning behayo videosini tarqatmoqchi bo‘ldi
Jamiyat
Huquq
Voqealar

Andijonda ayol o‘zini yigit qilib ko‘rsatib, 18 yoshli qizning behayo videosini tarqatmoqchi bo‘ldi

  • 19.10.2023 / 18:11
  • 1060
  • 0
111

U Telegram orqali qiz bilan tanishgan va uni sevib qolganini aytib, qizning behayo videolarini qo‘lga kiritgan.

Andijon tumanida yashovchi 18 yoshli qiz ariza bilan murojaat qilib, bir yigit uning behayo tasvirli videolarini internetga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

20 yoshli ayol o‘zini yigit deya tanishtirib, 18 yoshli qiz bilan Telegram orqali tanishgan. U qizga kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, ishonchiga kirish orqali qizning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritgan. Qizni videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan va tarqatmaslik evaziga 1 mln talab qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, "yigit" pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olingan shaxsning sodir etilib, fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar