• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onadagi maktabda o‘quvchilarning nomiga sim karta olib, “Open budjet” uchun ovoz berilgani aytilmoqda
Jamiyat
Fan va ta'lim

Farg‘onadagi maktabda o‘quvchilarning nomiga sim karta olib, “Open budjet” uchun ovoz berilgani aytilmoqda

  • 20.05.2024 / 16:14
  • 761
  • 0
111

Farg‘ona shahridagi 6-maktab rahbariyatining “Open budjet”da g‘olib bo‘lishi uchun nimalar qilganini hech kim bilmaydimi?

Ba’zi o‘quvchilar onalarining aytishicha, maktab ma’muriyati bitiruvchilar, ya’ni 9- va 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalaridan beruxsat, o‘zboshimchalik bilan pasportlarini olib, nomlariga sim karta rasmiylashtirib, o‘sha raqamdan “Open budjet”ga ovoz berdirishgan, sim kartalar esa maktab mas’ullarida saqlangan.

Maktab ta’miri uchun ovoz bersa-beribdida dersiz, lekin o‘quvchilarni dars paytida olib chiqib ketib, bu kabi ishlarni ota-onasidan beruxsat qilishlariga nima deysiz? Holat yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilingan. Shahar maktab ta’limi bo‘limidan kelgan xodim ariza yozgan shaxsga “sizning shaxsiy adovatingiz bor ekan”, deya murojaatni yopib ketgani aytilmoqda.

-“Bundan biroz oldin maktabning zamdirektori Ulug‘bek bilan ozgina tortishib qoldim. Sababi bu zamdirektor maktabni sotib olganmi, hayronman, maktabda o‘kuvchilarni ahloqsiz so‘zlar bilan so‘kar ekan va hattoki kaltaklar ekan. Bu maktab zamdirektori qo‘qrmasdan bolalar bilan baqir-chaqir qilib gaplashsa, so‘ksa, ursa, bolalar shu darajada qo‘qrishadiki, uni ko‘rsa qochishadi. Bu masalalar bo‘yicha 2 marotaba IIBning 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ariza bilan murojaat qildim, lekin arizalar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketdi. Profilaktika inspektori ochiqchasiga Ulug‘bekni tarafini olayapti va bizni chaqirmasdan arizani yopyapti. Bu Ulug‘bek deganlari o‘zini “lyuboy” joyda himoya qila olarkan, yozaveringlar qo‘qrmayman, chiqib ketaman vaziyatdan deb bemalol gapiryapti”, deydi murojaatchi.

Shuningdek, maktab oshxonasida sanitariya talablariga zid ravishda ovqatlar sotilgani holati yuzasidan SESga ham murojaat qilingan. Maktablar hozirda Milliy gvardiya qo‘riqloviga olingan bo‘lsada, bu maktabda haliyam maktab qorovuliga pul yig‘ilayotgani, aytiladi murojaatda.

Mazkur murojaatni o‘rganish maqsadida maktabning ayrim o‘qituvchilari bilan ham gaplashib ko‘rdik. Ularning aytishicha, maktab jamoasi ikkiga bo‘lingan. Direktor jamoasi va unga qarshi jamoa, balki betaraflar ham bordir. Umumiy qilib, muhit buzilganligini aytishmoqda.

Ayrim rahbarlar esa maktab direktorini ham maqtashmoqda, yosh ekanligi, yangilikka intiluvchan ekani, har sohada faol ekanligini ta’kidlamoqda. Qay biri haqiqat ekanligi faqat o‘zlariga va Yaratganga ayon!

Millat kelajagi yoshlar qo‘lida ekan, najot faqat ta’limda ekan, maktablarimizda bu kabi muammolarning bo‘lishi ta’lim-tarbiyaning rivojiga emas, aksincha jarga qarab qulashiga xizmat qiladi, degan fikrdamiz.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar