Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Farg‘ona viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Shohimardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi.
Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri Farg‘ona tumani “Shohimardon” va “Yordon” MFYlarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta'minlash sanaladi.
Shuningdek, ushbu MFYlarning ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish mo‘ljallanmoqda.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari