• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Tibbiyot Bag‘dodda 1,5 million dollarlik yangi tibbiy muassasa quriladi
Tibbiyot

Bag‘dodda 1,5 million dollarlik yangi tibbiy muassasa quriladi

  • 20.10.2019 / 08:31
  • 2990
  • 0
111

Bir guruh nuroniylar ishtirokida bino poydevoriga ramziy g‘isht qo‘yilar ekan, aholi salomatligi yo‘lida ko‘zlangan ezgu maqsad uchun tadbirkorga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Kelgusi yilning ikkinchi yarmidan ish boshlashi mo‘ljallangan tibbiy muassasa qurilishi uchun tadbirkorning shaxsiy mablag‘i hisobidan 700 ming АQSh dollari, binoni zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar va qo‘shimcha vositalar bilan jihozlash uchun esa 750 ming АQSh dollari miqdorida bank imtiyozli krediti sarflanishi kutilmoqda.

– Rejaga ko‘ra, muassasa 3 qavatli bo‘ladi va unda terapiya va xirurgiya yo‘nalishlari bo‘yicha diagnostika, davolash va maslahat konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi, – deydi tadbirkor E. Haydarov. – Shuningdek, bu yerda laboratoriya, UTT, EKG orqali yurak qon-tomir, ichki, onkologik va boshqa kasalliklarni erta aniqlash, tashxis qo‘yish, davolash uchun barcha zamonaviy moddiy-texnik imkoniyatlar yaratishni mo‘ljallab turibmiz. Qolaversa, chet eldan malakali mutaxassislarni taklif qilish niyatimiz ham bor.

Eʼtiborli jihati shundaki, muassasa ish boshlagach, bunda 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Elyorjon Ehsonov

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar