• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Farg‘onada Prezident maktabiga tamal toshi qo‘yildi
Fan va ta'lim

Farg‘onada Prezident maktabiga tamal toshi qo‘yildi

  • 29.10.2019 / 05:11
  • 1403
  • 0
111

Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni aniqlash, ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ularni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, iste’dodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida Prezident maktablari tashkil etilmoqda. Qurilishi boshlangan mazkur ta’lim maskani ham ana shu ezgu sa’y-harakatlarning samarasidir.

Maktabning umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etib, bu yerda o‘qish va sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Ikkita o‘quv korpusi, basseyn va gimnastika zali, yotoqxona va mehmonxona, futbol maydoni, voleybol-basketbol maydonchasi, plats, rekreatsion zona, gulzor va o‘quv-tajriba uchastkasi, parking bunyod etiladi. Shuningdek, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan, dam olish maskanlari, gulzor, yopiq avtoturargoh tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Qurilish ishlari  “Fayz binokor Oltiariq" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Prezident maktabi 2020 yilning may oyida foydalanishga topshiriladi ham yangi o‘quv yilidan o‘quvchilarni qabul qiladi.

Tamal toshi qo‘yish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev ishtirok etdi.

M.Sulaymonov

Sherzod Qoraboyev (surat)

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar