• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jahon Birinchi prezident oilasi dabdabali mashinalar to‘plamining bir qismini Nyu-Yorkda sotuvga qo‘ydi (foto)
Jahon

Birinchi prezident oilasi dabdabali mashinalar to‘plamining bir qismini Nyu-Yorkda sotuvga qo‘ydi (foto)

  • 03.12.2019 / 11:46
  • 3466
  • 0
111

Aytilishicha, ushbu mashinalar Nyu-Yorkda sotuvga qo‘yilgan, deya xabar berdi kz.media agentligi. Xabarda  Qozog‘iston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi va Qozog‘iston parlamenti Senati spikeri Darig‘a Nazarboyevaga tegishli hashamatli avtomobillar kolleksiyasi haqida so‘z bormoqda.

Bo‘lajak auksion to‘g‘risidagi ma’lumot Gernsi auksion uyining veb-saytida paydo bo‘ldi, ammo keyinchalik o‘chirildi. Sotish uchun quyidagi transport vositalari ro‘yxatga olingan:  

- Ferrari F40;

- Ferrari Testarossa;

- Bugatti Veyron;

- Lamborghini Miura;

- Lamborghini Murcielago;

- Lamborghini Urus;

- Koenigsegg Agera S;

- Pagani Zonda;

- Alfa Romeo 8C;

Atigi 9 ta noyob avtomobil taxminan 13 million dollarga baholanmoqda, bu boshlang‘ich narx. Yakuniy narxlar qanday bo‘ladi, faqat taxmin qilish mumkin.

Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, kim oshdi savdosi dastlab dekabr oyi oxirida o‘tkazilishi kerak edi, ammo so‘nggi daqiqada tadbirni 2020 yilning birinchi choragidan keyinga surishga qaror qilindi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar