• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jahon Ajoyib va gʻaroyib sudya!
Jahon
Qiziqarli

Ajoyib va gʻaroyib sudya!

  • 29.01.2024 / 09:36
  • 1338
  • 0
111

AQSHning Ogayo shtati, Peynsvil shahrida Maykl Chikkonetti degan odam sudyalik qilgan ekan. U: “Jazo, amal (jinoyat)ning jinsidan boʻladi” degan qoida asosida hukm chiqargan.

Masalan, koʻchadagi daraxtlarni kesib, oʻtin sifatida sotib yuborganlarga; “70 tup daraxt ekish” jazosini tayinlagan.

Keksa odamni urgan oʻsmirga; “ikki oy qariyalar uyida xizmat qilish” jazosini tayinlagan.

Mast holda kelib, mushugini pechga tashlab, qiynagan kimsaga; “ikki oy hayvonot bogʻida mushuklarni ovqatlantirish” jazosini tayinlagan.

Videokasseta doʻkonidan kasseta oʻgʻirlagan kimsaga; “ikki hafta doʻkon oldida, ”oʻgʻrilik isnodga sabab boʻluvchi ishdir... degan yozuv yozilgan lavhani koʻtarib turish jazosini tayinlagan.

Politsiya mast holda mashina haydash aybi bilan qoʻlga olgan kimsani; olti oy qamoq yoki maktablarda spirtli ichimlik ichishning zarari haqida leksiya oʻqish jazosidan birini tanlashga hukm qilgan.

Baland ovoz, shovqin bilan qoʻshnilariga ozor bergan kimsaga; bir kunini oʻrmonda jim oʻtkazish jazosini tayinlagan.

Mashinasidagi musiqani baland qilib, odamlarga aziyat yetkazgan kimsani; oʻrmonda uch soat jim oʻtirishga hukm qilgan. 

Tadqiqotchilarning aytishicha, Chikkonettining bunday hukmlari jinoyatning oldini olishga sabab boʻlishdan tashqari, jinoyatchining tarbiyalanishiga xizmat qiladi va davlatning mahbuslarga sarf etadigan mablagʻi tejaladi.

Shunaqa gaplar...

Manba: Mushtum

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar