• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgarishi mumkin
Siyosat

O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgarishi mumkin

  • 21.01.2020 / 03:16
  • 4530
  • 0
111

Joriy yilning apreligacha pensiya islohotining yangi konsepsiyasi ishlab chiqiladi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi vakili ma’lum qildi.

Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda hujjat ustida ish olib borilmoqda.

Boshqa davlatlarga nisbatan eng kam hisoblangan pensiyaga chiqish yoshi bosqichma-bosqich o‘zgartiriladi. Dunyoda erkaklar va ayollar uchun o‘rtacha pensiya yoshi 62 yoshni, O‘zbekistonda esa 57,5 yoshni tashkil etadi. Shuningdek 7 yilni tashkil etadigan, pensiya tayinlash uchun eng kam staj bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashtirilmoqda (Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasiga muvofiq – 15 yil).

Pensiya badallarini to‘lashda aholi manfaatdorligini oshirish uchun uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tilishi ko‘rib chiqilmoqda. Birinchi darajasida eng kam miqdordagi davlat pensiyasi to‘lanishi nazarda tutilmoqda. Ikkinchi darajasida – MB qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda foizlar hisoblangan holda ish haqidan muayyan summadagi ajratmalar asosida shaxsiy hisobvaraqda jamlangan pensiyani to‘lash. Uchinchi holatda Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar miqdori aholi tomonidan belgilanadi.

Joriy yilda fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi. Amaldagi Qonun 1994 yilda qabul qilingan. Qonunga 26 marta tuzatishlar kiritilganligiga qaramay, unda havolaki normalar, ozini oqlamagan imtiyozlar ham talaygina, deyiladi malumotda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar