• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Qo‘qonda Amerikaning xususiy maktabi ochiladi
Fan va ta'lim

Qo‘qonda Amerikaning xususiy maktabi ochiladi

  • 22.01.2020 / 11:33
  • 1229
  • 0
111

Ushbu mavzu Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov va "DREAM SCHOOL" nodavlat ta’lim tashkiloti vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda muhokama etildi, deb xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati. 

500 o‘rinli yangi xususiy ta’lim muassasasi Qo‘qon shahridagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududidagi foydalanilmayotgan binolarning birida tashkil etiladi. Loyiha Amerika Qo‘shma Shtatlarining USA LEASING kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Shahar hokimi loyiha tashabbuskorlariga yangi maktabni Qo‘qon Erkin Iqtisodiy Zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalar extiyojidan kelib chiqib ximiya, fizika, matematika kabi aniq fanlarga ihtisoslashtirishni taklif etdi. Toshkent texnika universiteti Qo‘qon filiali kabi shahrimiz oliy ta’lim muassasalariga bilimli talabalar etishtirib berishga yo‘naltirilgan taklif tashabbuskorlar tomonidan qo‘llab quvvatlandi.

“DREAM SCHOOL” nodavlat ta’lim tashkiloti vakillari yangi maktabda o‘quv jarayoni AQSh va Finlyandiya ta’lim tajribasi asosida tashkil etilishini bildirib, darslar, shu jumladan, xorijlik mutahassislar tomonidan olib borilishini ta’kidlab o‘tdilar, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar