• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning muhim sharti
Huquq

Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning muhim sharti

  • 11.11.2021 / 07:42
  • 2541
  • 0
111

Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, sud-huquq sohasiga oid 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-sonli, 2020-yil 10-avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6041-sonli farmonlarda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yaqin o‘n yillikda sud tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, adolatli sudlovdan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan quyidagi vazifalarni bajarish zarurligi ta’kidlab o‘tildi:

- avvalo, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligi borasidagi konstitutsiyaviy tamoyilni hayotga izchil tatbiq etish, sudlar faoliyatida xalqaro huquq va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridagi tamoyillar va normalarning kengroq qo‘llanishiga erishish;

- xususiy mulk daxlizligini, tadbirkorlik va tadbirkorlarni ishonchli himoyalashni ta’minlashda sudlarning rolini kuchaytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulklarini buzish, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari va xususiy mulk ob’ektlarin olib qo‘yish hamda tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan litsenziyalarni bekor qilish bo‘yicha qarorlarning faqat sud tomonidan qabul qilinishiga erishish;

- tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari harakati yoki harakatsizligi oqibatida ko‘rgan zararlari borasidagi da’vo muddatlarini bekor qilish va muddatsiz ekanligini kafolatlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida” kodeks qabul qilish;

- “Xabeas korpus” institutining qo‘llanish sohasini yanada kengaytirish, sud mustaqilligini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakolatlarini optimallashtirish;

- prokurorlarning maqomi, ularning mustaqilligini ta’minlash masalalari, tanlash va xizmat pog‘onlarida o‘stirishning xolis mezonlari qonunda aniq belgilangan bo‘lishiga erishish, hokimiyatlar bo‘linishining konstitutsiyaviy tamoyilidan kelib chiqib, bu boradagi uslub va mezonlarni takomillashtirish;

- viloyatlar miqyosidagi sudlarni optimallashtirish, birlashtirish, yagona sud raisi bo‘ysunuviga o‘tkazish. Xususan, ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy, moddiy huquqqa oid ishlar ham amalda ko‘rib chiqilayotganini inobatga olib, ularning maqomini yanada oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish;

- sud buyrug‘i institutini takomillashtirish, uning ayrim turlari o‘rniga sudgacha hal etish mexanizmlarini joriy etish hamda boqimanda qarzdorlikni sud orqali undirish masalasi va mexanizmlarini takomillashtirish;

- sud tergovi institutini takomillashtirish, sudyalar vakolatlari va maqomini yangi talablar darajasiga olib chiqish, ularning qaror va xulosalariga nisbatan nomzodlarning shikoyat qilish huquqini yanada oshirish.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash kerakki, kelgusida ham
sud-huquq sohasidagi islohotlar to‘xtab qolmaydi. Zero islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat’iy mustahkamlash, sudni tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirishdan iborat.

L.Xazratqulov,
Farg‘ona harbiy sudining

devonxona mudiri

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar