• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Qiymati 950 million so‘mlik qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Huquq
Voqealar

Qiymati 950 million so‘mlik qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

  • 15.10.2024 / 18:32
  • 307
  • 0
111

DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona xodimlarini jalb qilgan holda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi, 1966 yilda tug‘ilgan A.X. 100 dona oltin tangalarni Andijon shahrida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan E.S.ga 67 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida, ularning ikkalasi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qo‘shimcha 37 dona oltin tangalar ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi jami 776 gr. bo‘lgan 5 va 10 rubl ko‘rinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Asllik darajasi 900 va 916 bo‘lgan mazkur qadimiy tangalar 1897-1911-yillar oralig‘ida bosib chiqarilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 950 mln. so‘mni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida “Nikolay” tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy, moddiy qimmatliklarni Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyatiga olib borib, sotishni rejalashtirgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar