Toshkent viloyati Bo‘ka va Ohangaron tumanlaridagi jazoni ijro etish koloniyasidan 29 dekabr kuni qochgan 3 erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati xabar byerdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 35 yoshli A.M., 30 yoshli U.A. va 25 yoshli U.I. ikki tumandagi jazoni ijro etish koloniyalaridan qochib ketgan. Aniqlanishicha, ular 5 yanvar kuni Toshkent shahriga olib borib qo‘yishini aytib, namanganlik N.Sh. ismli erkakning mashinasiga chiqqan. Ular Ohangaron shahri hududida haydovchiga xujum qilib, 500 dollar, 100 ming so‘m pul va “RedMi Note-9” telefonini o‘zlashtirgan.
Shuningdek, jabrlanuvchining og‘zi, qo‘l va oyoqlarini bog‘lab, boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” avtomashinasining yukxonasiga solib, Jizzax shahriga tashlab ketgan.
Ta'kidlanishicha, guruh 7 yanvar kuni andijonlik M.O. bilan yo‘lkira narxini kelishgan holda Toshkent shahriga olib borib qo‘yishini so‘ragan. Qayd etilishicha, ular Toshkent viloyati Qibray tumani hududida haydovchiga xujum qilib, 11 ming 650 dollar va uyali telefonini olgan. Shuningdek, navbatdagi jabrlanuvchi ham oyoq-qo‘li bog‘lanib, Toshkentning Yashnobod tumaniga tashlab ketilgan.
Ushbu holatlar yuzasidan tezkor harakatlar olib borilib, o‘g‘rilik jinoyati bilan besh marotaba sudlangan U.I. haydovchilar ko‘magida Farog‘onada ushlangan.
Qolavyersa, 9 yanvar kuni soat 20:45 atrofida 1992 yilda tug‘ilgan U.A. Qo‘qon shahridagi tungi klub oldida qo‘lga olingan.
10 yanvarga o‘tar kechasi esa 1987 yilda tug‘ilgan A.M. Qo‘qon shahar Charhiy mavzesida ushlangan.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari