• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston energetika tizimlari qanday bogʻlangan?
Siyosat

Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston energetika tizimlari qanday bogʻlangan?

  • 25.01.2022 / 21:11
  • 3962
  • 0
111

Bugun Markaziy Osiyoning uchta mamlakatida elektr energiyasi bilan bogʻliq juda katta muammolar yuzaga keldi. Buning oqibatida Oʻzbekistonda bir muddatga aeroport, metro va bir qator obyektlar faoliyati cheklandi. 

Bunday holat qanday yuz berdi? 

Energetika vazirligining xabar berishicha, soat 10:57 da Qozogʻiston Respubliksi elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida elektr energiya taʼminotida uzilishlar yuzaga keldi.

Buning natijasida Qirgʻiziston elektr tarmogʻida, jumladan Bishkek, Oʻsh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya oʻchishi kuzatildi. 

Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozogʻistondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin oʻzgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESida avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan.
Natijada Fargʻona va Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchdi.

Nega Qozogʻistonda sodir boʻlgan bu holat Oʻzbekiston energiya tizimiga bunchalik taʼsir qildi?

Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi Sovet Ittifoqi davrida shakllangan boʻlib 2009 yilda “energiya halqasi” tugatilgan. 10 yildan keyin esa u yana tiklandi.

Energiya halqasi oʻzi nima?

Sobiq ittifoq parchalanganidan keyin Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston energiya tizimlarining parallel ishlashi toʻgʻrisida shartnoma imzolagan. Ammo, 2003-yilda Turkmaniston oʻzini elektr energiyasi bilan mustaqil ravishda taʼminlashga qaror qilib “energiya halqasi”ni tark etdi. Keyinroq Tojikiston ham bu qarorga keldi.

2021-yil dekabr boshida Moskvada boʻlib oʻtgan Yevroosiyo kongressida Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir uning mamlakati 2022-2023-yillarda yagona “energetika halqa”ga qaytishni rejalashtirayotganini aytdi.

Hozirgi vaqtda Qozogʻistonning Yagona energiya tizimi Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimi bilan parallel ravishda ishlaydi. Tomonlar davlatlararo elektr energiyasi yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatishi mumkin.

Yagona energetika tizimining kamchiliklaridan biri bir mamlakat miqyosidagi avariyaning miqyosiga qarab qoʻshni mamlakatlarga ham salbiy taʼsiri hisoblanadi.

Oʻzbekiston elektr taʼminoti tizimi Markaziy Osiyo elektr energetika tizimi bilan parallel ravishda ishlaydi. Umumtizimning maʼlum bir hududida kuzatilgan nosozliklar boshqa hududlarni avariyadan saqlab qolishi, yoki aksincha, uning barqaror ishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Avariyaga qarshi releli himoya va avtomatika tizimi energotizim barqarorligi uchun amalga oshiriladigan texnik-muhandislik holati boʻlib, u tizimda turli nosozlik hamda yongʻinlar chiqishining oldini oladi. 

Elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Hududlarda elektr taʼminoti tiklanmoqda.

Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi. Toshkent aeroportida elektr taʼminoti tiklandi va reyslarni roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.

Prezident topshirigʻiga binoan elektr energiyasi taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha Bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi

Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash hamda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali isteʼmolchilarning elektr taʼminotini tiklash vazifasi qoʻyilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar