• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Chegara hududida yangi bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
Fan va ta'lim

Chegara hududida yangi bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

  • 24.05.2022 / 05:02
  • 651
  • 0
111

Albatta, maktabgacha ta’lim tizimining jadal rivojlanishida yangi va qo‘shimcha binolar qurilishi, ularning zamonaviy jihozlanishi katta ahamiyatga ega.

Keyingi bir yil ichida Farg‘ona tumanida qator maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun binolar qurib bitkazildi, ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, 37, 45, 52, 2, 3-DMTTlarning bo‘sh turgan yer maydonlariga yengil tipdagi binolar qurish ishlari amalga oshirildi, 54, 43, 40, 10, 34-DMTTlar binosi kapital ta’mirlanib, mebel bilan jihozlandi. Shuningdek, 5,5 va 6 yoshli bolalar uchun “Majburiy bepul ta’lim” guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada yana qo‘shimcha 260 nafar 6 yoshli bolalarning qamrov ko‘rsatkichi 83,1% ga yetkazildi.

O‘tgan yili “Boy mahalla” MFY hududida joylashgan 30-sonli DMTTning 120 o‘rinli binosini rekonstrutsiya qilish va qurilish-montaj ishlari boshlangan edi. Loyiha smetalariga asosan mavjud moslashtirilgan eski binolar buzib tashlandi. Bu ishlar uchun respublika budjeti hisobidan jami 3480 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi. Qurilish-montaj ishlari “Triumph building” korxonasi tomonidan olib borildi.

Yaqinda ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimligi vakillari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutasaddilari, mahalla ahli qatnashishdi. Yig‘ilganlar hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani, oxirgi yillarda bog‘cha yoshidagi kichkintoylarning ta’limga qamrab olinishi bir necha barobar o‘sganini, bu esa kelajagimiz egalari ta’lim-tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etishdi.

– Mahallamiz tumanning chekka hududida, chegaraga yaqin joyda. O‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan bog‘cha abgor holatga kelib qolgan edi. Yangi bino, undagi jihozlar, nevaralarimizning quvonchini ko‘rib, rosti, ko‘zlarimga yosh keldi, – deydi mahalla faoli, mehnat faxriysi Komiljon ota Maqsudov. – Bu ishlarning ustida turgan barcha rahbarlarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Zamonaviy jihozlangan musiqa va tibbiyot xonasi, o‘yin maydoni, ayvonchalar bog‘chaga o‘zgacha fayz kiritib turibdi. U qishlog‘imiz ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlamoqda.

Ayni kunlarda maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi 150 nafar jajjilarning shodon kulgusi bilan to‘la. 30 nafar tarbiyachi va enagalar esa yaratilgan sharoitlardan xursand holda faoliyat olib borishmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar