• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Huquq Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qay holatda O‘zbekiston fuqaroligini olishi mumkin?
Huquq

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qay holatda O‘zbekiston fuqaroligini olishi mumkin?

  • 24.05.2022 / 17:33
  • 2149
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-61-sonli Farmoniga asosan, endilikda «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq:

- ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olingan;

- chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan;

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.

Basharti ota-onasi (yolg‘iz ota yoki onasi) bilan birga O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan bola doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, ota yoki onasining doimiy ro‘yxatga olingan joyi uning doimiy ro‘yxatga olingan joyi hisoblanadi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan shaxsga doir O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va materialni ko‘rib chiqish uning ota-onasidan birining (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinganligi bo‘yicha tegishli xulosalar mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Quyidagi shaxslarning ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan arizalari «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ko‘rib chiqilishi mumkin:

  1. a) agar ota-onasidan biri (yolg‘iz ota yoki onasi) 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib yoki o‘n besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan fuqarolikka qabul qilingan bo‘lsa;
  2. b) agar ota-onasidan biri 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va vafot etgan bo‘lsa.

Bunday shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarini qabul qilish va materialni ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish istagida bo‘lsangiz hududiy IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qiling.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar