• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Turizm Koʻhna Xorazm diyori Fargʻona vodiysi bilan yanada yaqinlashmoqda
Turizm

Koʻhna Xorazm diyori Fargʻona vodiysi bilan yanada yaqinlashmoqda

  • 28.09.2022 / 17:48
  • 521
  • 0
111

Bugun, 28 sentabr kuni Fargʻona xalqaro aeroportida Urganch-Fargʻona-Urganch aviaqatnovining ilk yoʻlovchilari kutib olindi. Hamda Fargʻonadan Urganchga ilk parvoz amalga oshirildi.

Oʻzbekistonda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish va soha rivojiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi ishchi guruh vodiy viloyatlariga tashrif buyurib, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etgan edi.

Screenshot_20220928-175955_Plus

Mazkur uchrashuv  davomida tur operatorlik kompaniyalari vakillari tomonidan Fargʻonadan Urganchga toʻgʻridan toʻgʻri qatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasi koʻtarilgandi. Tadbirkorlar tomonidan mazkur qatnov narxlari, harakatlanish grafiklari haqida berilgan takliflari inobatga olingan holda Urganch-Fargʻona-Urganch qatnovi narhi bir tomon uchun 314 702 soʻmdan, ikki tomon uchun esa 596 849 soʻmdan boshlanib, haftaning har chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi belgilandi.

IMG_20220928_152019_013

Fargʻona viloyatida faoliyat olib boruvchi tur operatorlar tomonidan hamda koʻp sonli aholining talab va istaklarini inobatga olgan holda bugun Urganch-Fargʻona-Urganch aviaqatnovining ilk parvozi amalga oshirildi.

IMG_20220928_152007_923

Ushbu qatnovda harakatlanuvchi yoʻlovchilar mazkur qatnovlar tashkil etilganidan bagʻoyat mamnun ekanliklari qilinayotgan islohotlar inson manfaati uchunligidan yana bir dalil boʻla oladi.

Maʼlumot oʻrnida aytadigan boʻlsak, mazkur qatnov grafigiga koʻra Urganchdan 09:20 da uchgan samolyot Fargʻonaga qoʻnish vaqti 11:10, Fargʻonadan 12:00 da uchgan samalyot 13:40 da Urganch aeroportiga qoʻnishi belgilangan.

IMG_20220928_152010_550

Qariyb 1200 km masofa qisqa vaqt oraligʻida bosib oʻtilishi eng avvalo turizm ihlosmandlari hamda ishbilarmon doira vakillari uchun qator qulayliklarni yaratishi bilan ahamiyatli sanaladi.

Shundan kelib chiqqan holda bu yoʻnalishlarda kelgusida talabga qarab qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyish belgilangan.

Fargʻona viloyat Transport boshqarmasi axborot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar