• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Iqtidorli yoshlar ko‘paymoqda
Sport

Iqtidorli yoshlar ko‘paymoqda

  • 16.11.2022 / 21:57
  • 807
  • 0
111

Rishton tumanidagi 49-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Jasurbek Kamoliddinov Buxoro shahrida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yigirma ikki davlatdan kelgan sportchilar ishtirok etgan bellashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Musobaqada faol ishtirok etgan Jasurbek g‘alabaga bo‘lgan ishonchi, tirishqoqligi, ustozlar bergan ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlarga amal qilib, final bahslari ishtirokchisiga aylandi.

Yosh sporchining qo‘lga kiritgan bu yutug‘idan maktabimiz o‘quvchi-yoshlari, ustozlar haqli ravishda faxrlanishadi.

Ishchilar oilasida kamolga yetayotgan Jasurbek bu yutuqlarni osonlik bilan qo‘lga kiritgani yo‘q. Avvalo, oila va maktabdagi ta’lim-tarbiya uni o‘z maqsadi yo‘lida o‘qib-o‘rganish, ishlash, izlanishga da’vat etdi.

O‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng qo‘l jangi bo‘yicha tashkil etilgan sport to‘garagiga muntazam qatnashib keladi. Sportga bo‘lgan qiziqish, tinimsiz mashqlar uni yanada chiniqtirdi, katta sport maydonlari sari yetakladi. U 2018 yilda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yilning “Eng yaxshi sportchisi” deb e’tirof etildi. 2019 yili Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Davomli yutuqlarga 2020, 2021, 2022 yillarda ham erishdi.

Joriy yil O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha mamlakat kubogida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu muvaffaqiyatlar yosh sportchi faoliyatida yangi imkoniyat eshiklarini ochdi. Sport ustaligiga nomzod bo‘ldi, qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zoligiga qabul qilindi.

Jasurbek nafaqat sportda, balki maktabimiz hayotida ham namunali xulqi, a’lo o‘qishi, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtiroki bilan boshqa tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Maktabimizda Jasurbekdan ibrat olib, fan, sport sohalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan iqtidorli yoshlar safi kundan kunga ortib bormoqda.

 

  Sayyoraxon Zokirova,

 Rishton tumanidagi 49-umumta’lim maktabi direktori.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar