Kecha, 27-may kuni erta tongdan viloyatning keksa yoshdagi 14 nafar havaskor velosportchilari Farg‘ona shahridan Rishton, Beshariq tumanlari orqali Tojikiston Respublikasi (Kanibodom, Xo‘jand, Panjikent), Samarqand viloyati (Urgut), Qashqadaryo viloyatiga (Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor) hududlariga velosayrga yo‘lga chiqishdi.
Farg‘ona shahridagi SАMO sport majmuasidan yo‘lga otlangan velosportchilarni viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi rahbar xodimlari, Sport faxriylari kengashi vakillari, faxriy velosportchilarning yaqinlari kuzatib qo‘yishdi.
Ularni qariyb 710 km uzoqlikdagi masofada xavfsiz harakatlanishlari uchun mutasaddilar tomonidan yo‘l xarajatlariga moliyaviy ko‘mak berildi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Respublika tez tibbiy yordam Farg‘ona filiali xodimlari hamroxligida kuzatib qo‘yildi.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari