• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Nuroniylar dona surishdi
Sport

Nuroniylar dona surishdi

  • 28.06.2023 / 09:01
  • 1644
  • 0
111

Yozyovon tuman istirohat bog‘ida "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Nuroniylar bo‘limi hamkorligida keksa nuroniy otaxonlar o‘rtasida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Sport insonlarni birlashtiradi, deganlaridek, ushbu musobaqaga Qo‘shtepa tumanidan, Andijon viloyati Bo‘z tumanidan ham shaxmat ishqibozlari tashrif buyurib, ishtirok etdilar. Bahslarda 20 dan ortiq ishtirokchilar bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Suvliariq MFY faxriysi Saydullo To‘xtamatov, 2-o‘rinni Yoshlik MFYdan Abduqahhor O‘rinboyev, 3-o‘rinni Bahor MFYdan Qodirjon Jo‘rayev egalladi.

Musobaqada ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda barcha ishtirokchilarga "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasining sovg‘alari topshirildi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar