• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

12810.00

Sotish

12860.00

Bosh sahifa Huquq Fargʻonada ayollar kiyimini kiyib olgan erkakni bir nechta shaxslar samosud qildi
Huquq
Voqealar

Fargʻonada ayollar kiyimini kiyib olgan erkakni bir nechta shaxslar samosud qildi

  • 19.11.2022 / 00:51
  • 2417
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi kiyimidagi shaxsni bir nechta fuqarolar samosud qilayotgani aks etgan videoga Fargʻona viloyati IIB tomonidan izoh berildi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 14 noyabr kuni soat 03:00 larda fuqaro U.Yu. ayollar kiyimini kiyib olgan holda yoʻlovchi avtomashinada Buvayda tumanidan qaytayotib, Bagʻdod tumani Bordon MFY chorrahasida tushib qolgan. Katta yoʻl boʻyida turgan vaqtida shu qishloqda yashovchi fuqarolar uning erkak kishi ekanligini sezib qolib, videotasvirga olishgan.

U.Yu. bu yerdan qochib, shu atrofdagi fuqaro T.E ga tegishli uyning tom qismiga chiqib yashiringan. Uy egasi nomaʼlum shaxsni oʻgʻrilikka tushganlikda gumon qilib ushlab, bu haqida viloyat IIBning “102” raqamiga murojaat qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.Yu. ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan, uni videotasvirga olib, internetda tarqatgan fuqaro M.X ga ushbu kodeksning 46 prim 1-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar