• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Tibbiyot Farg‘onada “gaz zapravka”da gaz yetishmasligi sabab tez yordam mashinalari gazsiz qolib ketdi
Tibbiyot
Voqealar

Farg‘onada “gaz zapravka”da gaz yetishmasligi sabab tez yordam mashinalari gazsiz qolib ketdi

  • 21.11.2022 / 23:38
  • 2439
  • 0
111

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumani tez tibbiy yordam avtomashinalari gaz quyish shoxobchasida gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilganligi sababli gaz quyisha olmaganligi haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 18-noyabrdan boshlab ob-havoning sovib ketishi natijasida, avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalarining xizmat koʻrsatish grafigiga vaqtinchalik cheklov oʻrnatilgan edi. Shu kuni tuman tez tibbiy yordam mashinalari tashkilotga biriktirilgan “Mashhurbek fayz” MCHJ gaz quyish shoxobchasi 15:00 gacha ishlagan.

Natijada, biroz vaqt tez tibbiy yordam avtomashinalari shoxobchada qolib ketgan. Shundan soʻng, “Mashhurbek fayz” MCHJ xodimlari tomonidan tuman “Vodiygaztaʼminot” tashkilotiga tez tibbiy yordam avtomashinalari uchun gaz quyish shoxobchasini ochib berilishida amaliy yordam soʻralgan va 6 dona tez tibbiy yordam avtomashinalari gaz bilan taʼminlangan.

19-noyabr kunidan boshlab, tez tibbiy yordam avtomashinalariga gaz quyish grafik asosida taʼminlanmoqda va hozirgi kunda ushbu muammo ijobiy hal etilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar