• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat O‘zbekistonda yangi yildan "rayono", "oblono" degan tashkilotlar tugatilishi mumkin
Siyosat
Fan va ta'lim

O‘zbekistonda yangi yildan "rayono", "oblono" degan tashkilotlar tugatilishi mumkin

  • 29.12.2022 / 16:08
  • 918
  • 0
111

Bugun, 29-dekabr prezident Shavkat Mirziyoev maktab taʼlimini isloh qilishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etmoqda. Davlat rahbari xalq taʼlimi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida ularni tanqid qildi.

“Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yo‘q. Nari borsa 10 foiz bola matematik bo‘lishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga ko‘ra taʼlim berishni o‘rganishimiz kerak. Bola o‘ziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek o‘rgatishni to‘xtatib, qiziqish sohasiga urg‘u qaratish lozim.

“Rayono” va “oblono” siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, maktablarning o‘zi “rayono” va “oblono” bo‘lishlaring kerak.

O‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak? Ular bo‘lgani uchun o‘qituvchi qadam qo‘ya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi.

Tartib kerak albatta, ammo buning uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Maktab aslida “gorono”ga xo‘jayinlik qilishi kerak.

Biz eski tizimga moyillik qilamiz, “rayono” nima desa shuni qilamiz. Zamon o‘zgarmoqda, kechirasizu, qishloq xo‘jaligida paxtaga tizimni o‘zgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda.

Qachon qishloq xo‘jaligida ikki milliard dollarlik eksport bo‘lgan edi? Endi mana tekstil ishlamoqda, boshqa ishlab chiqarish bor”, - dedi Prezident.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar