• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Turizm Ta’til kunlari: quvnoq avtobus sayohatchilari
Turizm

Ta’til kunlari: quvnoq avtobus sayohatchilari

  • 14.01.2023 / 23:47
  • 524
  • 0
111

O‘quvchilarning qishki ta’til kunlarini sermazmun o‘tkazish maqsadida Rishton tumani XTBga qarashli 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bir guruh o‘quvchi-yoshlari ustozlar nazoratida “Yoshlar turizm haftaligi” shiori ostida Farg‘ona shahri bo‘ylab sayohatda bo‘lib qaytishdi.

Yosh sayohatchilar dastlab shahar markazidagi “Hayvonot bog‘i”da bo‘lib, bu yerdagi noyob hayvonot dunyosi bilan yaqindan tanishishdi.

– Sayohatdan juda katta taassurotlar bilan qaytdik, – deydi maktabning 7-“B” sinf o‘quvchisi Rayyonaxon Zokirova. – Bu yerda avvallari faqat kino va multfilmlarda ko‘rgan, kitoblarda o‘qigan bahaybat Afrika sheri, jirafa va zebrasi, yo‘lbars, bo‘ri, kenguru kabi hayvonlarni ko‘rib, ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdik. Bu maktabda olgan nazariy bilimlarimizni amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatini beradi. Ta’til kunlarida bizga mana shunday qulay sharoit va imkoniyat yaratib bergan tuman hokimligi, xalq ta’limi mutasaddilari, ichki ishlar xodimlaridan minnatdormiz.

O‘quvchi-yoshlar Ahmad Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida maroqli dam olishdi. Bu yerdagi ko‘ngilochar o‘yinlar, qiziqarli attraksionlar bolalar qalbiga bir olam quvonch-shodlik olib kirdi.

Dilfuzaxon Abduraxmonova,
Rishton tumanidagi 49-umumta’lim maktabi
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar