• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Tibbiyot Umrni uzaytiruvchi shohona meva
Tibbiyot

Umrni uzaytiruvchi shohona meva

  • 14.09.2021 / 05:32
  • 2745
  • 0
111

Xitoy tabobatining taʼkidlashicha, uning tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan 100 dan ortiq shifobaxsh moddalar bor. Qadimda shohlar kuz kelishi bilan ushbu mevani dasturxonlarida ko‘rishni istashar ekan.

U yaralarni davolaydi, insonga kuch-quvvat beradi. Tarkibida juda ko‘p miqdorda retinol (А vitamini) mavjud. U terini yoshartiradi. Ko‘z uchun ham foydali.

Chakandaning mevasida ham, barglarida va butog‘ining po‘stlog‘ida ham biofaol moddalar shunday mutanosiblikda joylshganki, ular bir-birining shifobaxsh xususiyatlarini muntazam oshirib turadi. Masalan, S vitamini tez parchalanib ketadi, ammo chakanda tarkibidagi R vitamini bu jarayonni sekinlashtiradi va organizmda askorbin kislotasining to‘planishiga yordam beradi. Tabiiy antiachitqilar beta-karotin (u chakanda tarkibida sabzidan ham ko‘p) va Ye vitamini chakanda tarkibida juda ko‘p miqdorda mavjud bo‘lib, shifobaxsh moddalarning achishi va sog‘liq uchun xavfga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Chakanda har qanday meva yoki sabzavot sharbatlari bilan yaxshi aralashadi. Uni har qanday kompotlarga qo‘shish mumkin. U taom va sharbatlarga o‘ziga xos taʼm berish bilan birga ularning shifobaxshlik xususiyatini oshiradi.

Chakanda yog‘i

Chakanda yog‘i nafaqat yaralarni tuzatuvchi, balki boshqa bir qator xususiyatlarga ega dori hisoblanadi. Qattiq sovuqqa oldirish yoki kuyishda terining zararlangan joyiga kunda ikki marta suriladi. Chuqur termik kuyishda chakanda yog‘i to‘qimalarning tezroq qayta tiklanishiga yordam beradi va yangi teri ko‘chirib o‘tkazish uchun qulay zamin yaratadi.

Chakanda yog‘i yiring bo‘lmagan yaralarni tez bitiradi. Bunda kunda bir mahal yara ustiga yog‘ shimdirilgan doka qo‘yib bog‘lanadi. Bu usul bilan qator teri kasalliklarini davolash mumkin.

Chakanda yog‘i ginekologik kasalliklarni, xususan bachadon bo‘yni eroziyasi, kolьpit (qin yallig‘lanishi)ni davolashda ancha foyda beradi. Yana to‘g‘ri ichak yallig‘lanishi – proktitni davolashda ham foydasi katta. Buning uchun chakanda yog‘i shimdirilgan tamponlardan foydalaniladi.

Tumov, faringit, laringit va anginani davolash uchun burun va tomoq shilliq qavatiga bir hafta davomida chakanda yog‘i tomizish kerak. Milklar shamollaganda, paradontozda chakanda yog‘iga shimdirilgan paxtani 10-15 minut milkka qo‘yib turish lozim.

Chakanda yog‘i oshqozon-ichak kasalliklari, ayniqsa, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, gastritni davolashda juda qo‘l keladi. Buning uchun bir oy davomida har kuni ovqatdan 15-20 daqiqa oldin bir choy qoshiqdan chakanda yog‘i ichib turish tavsiya etiladi.

Chakanda yog‘ini davo tariqasida meʼyorda isteʼmol qilib turish qondagi xolesterin miqdorini kamaytirib, ateraskleroz jarayonini susaytiradi.

Chakanda sharbati

Chakanda sharbatining asal bilan aralashmasi yo‘tal, bronxit, ko‘krakdagi og‘riqlarni davolashda tengi yo‘q vositadir. Yarim piyola chakanda sharbatini bir oshqoshiq asal bilan arashtirib, 5 daqiqa qaynating. Kunda uch mahal bir choyqoshiqdan ichib turing.

Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasida chakanda mevasi qaynatmasidan isteʼmol qilinadi. 3 oshqoshiq mevaning ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi va tindirib quyiladi. Kuniga 2-3 piyoladan ichib turiladi.

Revmatizm, podagra va qandli diabetda chakanda bargidan damlama isteʼmol qilinadi (bir piyola qaynagan suvga 10 gr. barg solinadi).

Terining allergik shikastlanishi, trofik yaralar va dermatitlarni davolashda chakanda mevasidan qaynatma tayyorlanadi: bir piyola suvga 20 gr. meva qaynatiladi va tindirib quyiladi. 10 gr. dan ichiladi va kompress qilinadi.

Chakanda butasi po‘stlog‘ini shishlarga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi: 2 oshqoshiq maydalangan po‘stloqning ustiga 0,5 litr qaynagan suv quyiladi va 2-3 soat damlab qo‘yiladi. Kunda 3 mahal ovqatdan oldin yarim piyoladan issiq-issiq ichiladi.

Maʼlumot uchun, Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qaroriga (213-son, 12.03.2019 y.) asosan Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklaridagi 7 ming gektar hududda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda (oblepixa) plantatsiyalari barpo etilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar