Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Fargʻona shahridagi oʻrganishlar davomida Guliston koʻchasida barpo etilgan qulupnay yetishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy issiqxonani koʻzdan kechirdi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
“Dolina story element” MCHJ tomonidan 1,12 gektar maydonda tashkil etilgan gidroponika usulidagi issiqxona loyiha qiymati 700 ming AQSH dollariga teng.
Turkiyadan olib kelingan 145 ming koʻchatdan yiliga 70 tonna hosil olish rejalashtirilgan. Turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlar yoʻlga qoʻyilgan.
Qulupnay asosan ichki bozorga olib chiqilib, mahalliy aholi ehtiyojlarini taʼminlashga xizmat qiladi. Klaster rahbari Faxriddin Ilyasov bu yerda amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, shu joyga yondosh hududda 2000 tonna mahsulotni sovutishga moʻljallangan katta sigʻimli muzlatgich ham qurilishi boshlangan.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari