• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Madaniyat Shoh va shoirni eslab
Madaniyat

Shoh va shoirni eslab

  • 14.02.2022 / 15:34
  • 345
  • 0
111

Farg‘ona shahridagi 6-umumta’lim maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlandi.

Andijonda tug‘ilib kamolga yetgan shoh va shoirning hayot tarzi, solih ish-amallari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bobur barcha temuriyzoda shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.

U tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada dunyo hamjamiyatiga har jihatdan boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.

Adabiy kechada maktab o‘quvchi yoshlari ijrosida Boburning hayot yo‘li, xayrli ish amallari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shoir qalamiga mansub she’r va ruboiylar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Adabiyot, she’riyat bazmida faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar, ustoz va murabbiylar “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar