• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot DSQ: 13 ta DSI boshlig‘i lavozimidan olindi, 40 dan ziyod rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi
Iqtisodiyot

DSQ: 13 ta DSI boshlig‘i lavozimidan olindi, 40 dan ziyod rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi

  • 02.04.2022 / 09:48
  • 4530
  • 0
111

Zamonaviy aloqa vositalari orqali tizimning barcha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi Hay’at majlisi keskin tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati xabar qildi.

Unda joriy yilning I chorak yakunlari bo‘yicha soliq organlari faoliyat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi va mamlakatimiz Prezidentining 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi davomida belgilab bergan vazifalarining so‘zsiz ijro etilishi masalalari muhokama qilindi. Jumladan:

Ayrim yirik soliq to‘lovchilari uchun joriy yilda soliq stavkalarining pasayishiga qaramasdan, budjet tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumbelgilangan iqtisodiy ko‘rsatkich (YaIM)ga nisbatan ham yuqori, ya’ni 17%ga o‘sganligi; 

Yirik soliq to‘lovchilardan tashqari boshqa tadbirkorlik subyektlarining soliq ma’murchiligiga mas’ul hududlarda esa tushumlarning o‘rtacha o‘sishi 37%ni tashkil etganligi; 

Bundan tashqari, soliq ma’murchiligining indikator soliqlaridan QQS 27%ga, hududlarda esa o‘rtacha 60%ga o‘sganligi; 

Aylanmadan olinadigan soliq 1,3 baravarga o‘sib, ushbu soliq turidan eng yuqori o‘sish Farg‘onada 67% va Xorazmda 48%ni tashkil etganligi qayd etildi. 

Bunday o‘sishga iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi qatorida soliq ma’murchiligini raqamlashtirishdagi dadil qadamlar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda mavjud muammolar ochiq va keskin ravishda tanqid qilindi. 

Jumladan, soliq ma’murchiligini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hisobiga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish va yuklatilgan vazifalarni bajarishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun: 

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qashqadaryo va Toshkent viloyati DSB, Kogon hamda Andijon shahar DSI rahbarlariga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralari belgilandi. 

Andijon, Olot, Zomin, Paxtakor, Forish, Uchqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Urgut, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sirdaryo, Guliston tumanlari hamda Yangiyer shahar DSI boshliqlari lavozimidan ozod etildi. 

Shuningdek, soliq qarzini majburiy undirishga qaratishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Asaka, Chiroqchi, Mingbuloq, Urgut, Mirzaobod, Sardoba, Bag‘dod, Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Quvasoy va Jizzax shahar DSI bo‘lim boshliqlari lavozimidan ozod etildi. 

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida “Soliq hamkor” tizimi orqali tushgan murojaatlar bilan ishlash hamda ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi jiddiy xato va kamchiliklari uchun Nukus, Jizzax va Andijon shaharlari, G‘ijduvon, Chiroqchi, Karmana, Pop, Urgut hamda Bekobod tumani DSI Sayyor soliq tekshiruvlari bo‘lim boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi. 

O‘z o‘rnida, yuqori natijalarga erishgan  Davlat soliq boshqarmalari va 64 ta soliq inspeksiyalari jamoasini moddiy rag‘batlantirishga qaror qilindi.

Hay’at yig‘ilishida DSQ raisi o‘rinbosarlarining hisobotlari eshitilib, shaxsiy mas’uliyati belgilandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qo‘yilgan har bir bo‘g‘inda temir intizomga rioya etgan holda, jahon bozoridagi keskin tebranishlarga qaramasdan yil boshida belgilangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Soliqchi – ko‘makchi” institutining istiqbolli ko‘rsatkichlari, kichik va o‘rta biznes subyektlarini transformatsiya qilish, soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish kabi muhim yo‘nalishlarda aniq vazifalar belgilab berildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar